Korovin lomatokarpasi (lotincha: Lomatocarpa korovinii) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasi, lomatokarpa turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Chatqol, Qurama togʻ tizmlarida uchraydi[1].

Korovin lomatokarpasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Lomatocarpa
Binar nomi
Lomatocarpa korovinii

Tavsifi

tahrir

Balandligi 15-20 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi koʻp, bargsiz va tuksiz. Barglarining barchasi ildizoldi qismdan chiqadi. Barglari bandli, tuksiz, uzunligi 5-10 sm, eni 1-2 sm, yaproqlari ikki karra patsimon qirqilgan, uchidagi boʻlaklari, tuxumsimon yoki ovalsimon, tikanchali, uzunligi 3-4 mm. To‘pguli soyabon. Soyabonchalari 3-10 shu’lali, oʻrama barg va bargchalari 5-6 ta lansetsimon yaproqlardan tuzilgan. Gulkosachabarglari tishli, tuxumsimon. Gultojibarglari oq tusda, uzunligi 15 mm, tuxumsimon. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyun oyida gullab mevasi avgust sentabrda pishadi. Mevasi tuxumsimon uzunligi 4 mm, eni 3-4 mm. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda juda kam tarqalgan. Vegetativ koʻpayganda kichik toʻplar hosil qiladi. Toshkent viloyati Piskom, Ugom, Qurama, Chatqol tizmasida tarqalgan. Qoʻrgʻontosh, Qizilnura choʻqizlarining yuqori qismida, Boshqizilsoyning yuqori oqimida koʻplab uchratish mumkin. Dengiz sathidan 3000-3600 m balandlikdagi togʻ adirlarida oʻsadi. Chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom-Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Lomatocarpa korovinii Pimenov“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.