Korporativ manfaat
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Korporativ manfaat — korporatsiyaga kiruvchi firma, kompaniya, tashkilotlar uchun umumiy manfaatlar. Bu manfaat birgalikda tovar yoki xizmat bozorlariga kirib borish, unda oʻz oʻrnini topib, mavqeini mustahkamlash, raqobat kurashida gʻolib chiqib, foydani yoki mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahsulot sifatini keskin yaxshilash shaklida boʻlishi mumkin. Korporativ manfaat oʻzida bir nechta maqsadlarni aks ettiradi. Manfaatdorlik mexanizmi koʻp va sifatli mahsulotni kam xarajat bilan ishlab chiqarish, mahsulot tannarxini kamaytirish, xom ashyo, material, energiya, yoqilgʻi va pul mablaglarini tejashni, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini taʼminlaydi va foyda hamda daromadni koʻpaytiradi.
Korporativ manfaat koʻp bosqichli xususiyatga ega boʻlib, korporatsiyada ishlovchi har bir xodim, tarkibiy boʻlimlar va umuman korporatsiyaning manfaatlaridan shakllanadi.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |