Korporatsiya
Korporatsiya (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiytexnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy shaklini taʼminlaydi. Mulk egaligi maqomiga koʻra, davlat, xususiy, aralash (qoʻshma) korporatsiyalarga, tarmoqlar boʻyicha sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa va boshqa turdagi korporatsiyalarga boʻlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlari korporatsiyaga uyushgan hollar koʻp uchraydi (mas, „Daewoo“ korporatsiyasi). Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |