Koshgʻariy yodgorlik majmui
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Qoshgʻariy yodgorlik majmuyi, Mahmud Qoshgʻariy yodgorlik majmuyi — Xitoyning Qashqar (Koshgʻar) viloyati Oʻpal nohiyasidagi Aziq qishlogʻida, Hazrati Mullom togʻi etagidagi tepalikda joylashgan maqbara. Tepalikning balandligi 40 m boʻlib, mahalliy xalq orasida Mahmud Qoshgʻariy mozori nomi bilan mashhur. Olim dafn etilgan joyga oʻsha davr anʼanasiga mos ravishda peshtoqlik qabr qurilib, usti uy shaklida yopilgan. Shundan beri bu yer ziyoratgohga aylanib, mahalliy xalq tomonidan taʼmirlanib turilgan. 1958-yil maqbara toʻla taʼmirlanib, yoniga muzey qurilgan va hukumat tasarrufidagi ziyorat maskaniga aylantirilgan. Uning tarkibida asosiy maqbara, hovli, qiroatxona, muzey, tahoratxona qabilar mavjud. Ularning umumiy maydoni 1160 kv. m ga teng. Qabr joylashgan tepalikning etaklari goʻzal, manzarali boqqa aylantirilgan. Hozir ushbu ziyorat maskanining umumiy maydoni 75 ga ga yaqin. Maqbaraga chiqishda 92 ta zinani bosib oʻtish lozim. Aytishlaricha, ushbu zinalar soni olimning yoshi soniga tenglashtirilgan. Zinapoya yonida oʻsha davrdan beri saqlanib kelayotgan buloq mavjud. Mahmud Qoshgʻariy muzeyi maqbaraning shim.-tomonida joylashgan. Maqbara bilan muzey oraligʻi taxminan 300 m keladi. 1999—2000-yillarda pastdan muzeyga chiqish uchun zinali yoʻl ishlangan. Uning oʻrta belida olimning kitob ushlab turgan haykali oʻrnatilgan. Haykalning balandligi 9,7 m.
Abdulahad Xoʻjayev.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |