Kosmik suratga olish
Fazoviy suratga olish (kosmik) - Yer, osmon jismlari va boshqa fazodagi hodisalarni Yer atmosferasi tashkarisida turgan uskunalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, fazoviy kema va boshqalar) yordamida suratga olish; elektromagnit spektrining turli sohalaridagi tasvirni beradi. Yerni fazoviy suratga olishning saviyaviy ölchami 1:1000000 - 1000000 bölib, bunda juda katta maydonning (bir necha ön ming [km] dan tortib, deyarli Yerning yarim shari sirtigacha) bir butun harakterli tasvirini suratga olish mumkin. Fazoviy suratga olish usullari: aylanish davri qisqa bölgan fazoviy uskunalar 150–300 [km] balandlikdan, aylanish davri uzun boʻlgan kosmik apparatlar yordamida 300–950 [km] balandlikdan suratga olish, radiotelevizion sistemalar asosida tasvirlarni Yerga uzatish, 36 ming km balandlikdagi geostatsionar yoʻldoshlardan tasvirlar olish va Yerga uzatish, Oy va sayyoralar sirtidan Yerni suratga olish va radiotelevizion yoʻl bilan axborotlarni Yerga uzatish. Olingan fotosuratlar, Yer atmosferasi, litosferasi, gidrosferasi va biosferasining regional, strukturali, global xususiyatlarini oʻrganishga imkon beradi. Shuningdek, Kosmik suratga olish. Yerning maʼlum regionini qisqa vaqt ichida qayta-qayta suratga olish mumkin. Bu esa davriy (sutkali, fasliy va boshqalar) va hodisaviy (vulqon otilishi, oʻrmon yongʻinlari, suv toshqinlari va boshqalar), xöjalik faoliyatlarining turli körinishlari (hosilni yiġish, suġorish, suv havzalarini toʻldirish va boshqalar) kabi hodisalarning serharakat tuzilishini oʻrganish uchun sharoit yaratadi. Fazodan suratga olish birinchi marta: raketa yordamida — 1946-yil da, Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida — 1960-yilda, fazoviy kema yordamida — 1961-yilda boshlandi. Fazoviy suratga olishda oq-qora, rangli foto va televizion suratga olishdan tashqari, infraqizil, mikrotoʻlqinli, spektroölchamlik va fotoelektron tasvirlarni olish ham amalga oshiriladi.[1]
Manbalar
tahrir2. Habibulloh Azimjon.(2024)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |