Kostelec (nemischa: Wolframs) Chexiyaning Vysochina viloyati Jihlava tumanidagi munisipalitet. Unda 900 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Kostelec
Munitsipalitet
Skyline of Kostelec
Kostelec
Bayroq
Kostelec
Gerb
49°21′39″N 15°29′27″E / 49.36083°N 15.49083°E / 49.36083; 15.49083
Mamlakat Chexiya
Viloyat [[Vysočina]]
Tuman [[Jihlava]]
Asos solingan 1288
Maydon 8.90 km2 (3.44 kv mi)
Markazi balandligi 519 m
Aholisi
 (2023-01-01)
937
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i 588 61
Kostelec xaritada
Kostelec
Kostelec

Joylashuvi

tahrir

Kostelec – Jihlavadan taxminan 7 kilometr (4 mi) janubi-gʻarbda,Křizanov togʻlarida joylashgan. Eng baland nuqtasi – Kostelecky vrch togʻi dengiz sathidan 657 m (2,156 ft) balandlikdadir. Munitsipalitet Jihlava daryosining oʻng qirgʻogʻida, Třešťsky potok oqimiga qoʻshilgan joyda joylashgan. Třešťsky potok munitsipalitetning janubiy qismida ikkita baliq hovuzi bor.

Tarixi

tahrir

Kostelek haqida birinchi yozma maʼlumot 1288-yilga tegishli[1].

Demografiyasi

tahrir
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1869380—    
1880411+8.2%
1890413+0.5%
1900412−0.2%
1910470+14.1%
1921470+0.0%
1930502+6.8%
1950545+8.6%
1961481−11.7%
1970432−10.2%
1980480+11.1%
1991693+44.4%
2001826+19.2%
2011891+7.9%
2021900+1.0%

Iqtisodiyoti

tahrir

1917-yildan beri munitsipalitetda Kostelecké uzeniny goʻsht qadoqlash fabrikasi hozirgi kungacha faoliyat koʻrsatib kelmoqda[2].Fabrika mamlakatdagi eng yirik goʻshtni qayta ishlash korxonasi[3] boʻlib 1000 dan ortiq ishchilari bilan mintaqadagi eng yirik ish beruvchilardan biri hisoblanadi[4].

Transporti

tahrir

Kostelek Jihlava ,Tabor va Havlíčkův Brod, Slavonitsa temir yoʻl liniyalarida joylashgan. Munitsipalitetga ikkita poyezd stansiyasi xizmat koʻrsatadi: shahar hududidan tashqarida joylashgan Kostelec u Jihlavy va Kostelec u Jihlavy masna[5].

Diqqatga sazovor joylari

tahrir
 
Muqaddas Kunigunde cherkovi

Kostelekning asosiy diqqatga sazovor joyi Sankt Kunigunde cherkovidir. Cherkov 1250-yilda eski yogʻoch cherkov oʻrnida qurilgan. 15-asrning oʻrtalarida kengaytirildi va 17-asrning oʻrtalarida hozirgi koʻrinishida qayta qurilgan, ammo asl cherkovdan Gothic yon kirish eshigi bugungi kungacha saqlanib qolgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Počátky osídlování Českomoravské vysočiny“ (cs). Obec Kostelec. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  2. „Historie a současnost“ (cs). Kostelecké uzeniny, a.s.. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
  3. „Chcete (ne)mít Babiše na svátečním stole? Tady je přehled jeho značek v potravinářství“ (cs). Asociace soukromého zemědělství ČR (2020-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
  4. „Registr ekonomických subjektů“ (cs). Business Register. Czech Statistical Office. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
  5. „Detail stanice Kostelec u Jihlavy“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.
  6. „Kostel sv. Kunhuty se hřbitovem“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.

Havolalar

tahrir