Kouldi koni
Kouldi koni
tahrirKouldi koni – Olmaliq KMK" AJning oltin tarkibli kvars rudasini qazib oluvchi yopiq konlari sarasiga kiradi[1].
Tarixi
tahrirOlmaliq hududida olib borilgan qidiruv-geologik tekshirish ishlari natijasida mis, polimetall, oltin, ohaktosh va flyusli xom-ashyoning ko‘plab rudali zaxiralari aniqlandi.
Olmaliq GRE tarkibida ixtisoslashtirilgan Akturpak otryadi tashkil etilib, Olmaliq hududida oltin tarkibli rudani o‘rganish 1959-yildan boshlangan.
1959-yilda Oqturpak konida kvars-sulfid zaxiralarning oltin tarkibini baholash boshlandi. Shu yili Ye.B.Achkasova va V.I.Udot tomonidan Kovuldi rudasining yuqori miqdordagi oltin kvars namunalari qayd etilgan[2].
1965-1966-yillarda olib borilgan geologik qidiruv natijasida, geologlar I.I.Dabija, Ye.Z.Meshaninov, L.V.Goncharovlarning izlanishlari va sayi harakatlari natijasida Olmaliq rudali rayonida Kovuldi koni borligi va uning sanoat zaxirasi aniqlandi. Bular albatta kalonkali burg‘ulash na'munalari natijasi asosida o’rnatildi. 1968-yilda dastlabki va 1969-yildan mufassal razvedkaga kirishiladi va o‘rganilayotgan obyekt Kovuldi konining “Markaziy” uchastkasi deb nomlanadi[3].
Asosiy ruda tanasidan janubda 800m masofada joylashgan va 1971-yilda dastlabki razvedka ishlari olib borilgan qismi “Janubiy Kovuldi” deb nomlandi. Konning bu qismida izlanish – baholash ishlari 1972-1974 – yillarda Meshaninov Ye.Z. tomonidan olib borilgan. Mufassal razvedka ishlari 1978-yildan olib borilgan. Konning Markaziy uchastkasi zaxiralarning o‘sishi hisobiga 1974-yildan buyon qazib olinmoqda[4].
Geologik ishlar bilan birgalikda 1974-1977 – yillarda konning boshqa qurilish ishlari ham olib borildi.
Kovuldi koni 1977-yil 27-dekabr kuni ekspluatatsiyaga topshirildi. Janubiy Kovuldi qismining qurilishi 1992-yilda boshlangan. Janubiy Kovuldi uchastkasida ekspluatatsion razvedka, kon tayyorlov va qazib olish ishlari olib borilmoqda. Tasdiqlangan zaxiralar konning ishlashini yana 10 yilga uzaytirish imkonini beradi.
Janubiy Kovuldi uchastkasi konning mavjud quvvatini oshirmagan holda uning ishlatib tugatilayotgan quvvatini to‘ldirishga qaratilgan.
Kovuldi konini qurish va ishlatish boshlanganidan buyon bir qator kon mutaxassislari ishladilar, uning rahbarligida konda kapital qurilish ishlari olib borildi va ko‘plab zarur kapital qurilish obyektlari ishga tushirildi[5].
Faoliyat turi
tahrirKonning asosiy faoliyati-Mis eritish zavodiga jo‘natiladigan va metallurgik ishlov berishda flyus sifatida ishlatiladigan oltin tarkibli kvars rudasini qazib olishdir. Kovuldi koni 6ta uchastkalardan iborat bo‘lib bular: yer osti uchastkasi, kon lahmlarini saqlash va shamollatish uchastkasi, ma'dan tayyorlash uchastkasi, shaxta ustki uchastkasi, burg‘ulash ishlari uchastkasi, ta'mirlash va qurilish uchastkasi[6].
Konning yer osti uchastkasi - rudani qazib olish kon lahmlarini qazish ishlarini amalga oshiradi.
Kon lahmlarini saqlash va shamollatish uchastkasi - yog‘och, metall va kombinatsiyalangan mahkamlash turlari bilan kon lahmlarini mahkamlash ishlarini amalga oshiradi, kon lahmlarini shamollatish va toza havo yetkazib berish sifatini doimiy nazorat qiladi, bundan tashqari, ruda qazib olingan bo‘shliqlarni beton aralashmasi yordamida to‘ldirish bilan shug‘ullanadi.
Ma'dan tayyorlash uchastkasi - asosiy kondan 19 kilometr uzoqlikdagi masofada joylashgan. Ushbu uchastkaning asosiy ishlari rudani qabul qilish, qayta ishlash va I - II sinflarga ajratish va qayta ishlangan tayyor mahsulot oltin tarkibli flyusli rudani metallurgik ishlovga jo‘natishdir.
Shaxta ustki uchastkasi - shaxta yuzasidagi barcha asosiy va yordamchi ishlarni bajaradi. Asosiy vazifasi kon tayyorlov ishlari natijasida xosil bo‘lgan tog‘ jinslarini maydalash va ruda qazib olingan bo‘shliqlarni beton aralashmasi tayyorlashda ishlatiladigan qumni ishlab chiqarishdir.
Burg‘ulash ishlari uchastkasi – 2020-yilda shaxta ishchilari tarkibidan tashkillashtirilgan bo‘lib, MOF-3 oby'ektini qurish loyihasiga muvofiq qurilish maydonini tayyorlash uchun skvajinalarni burg‘ulash ishlarini amalga oshiradi.
Ta'mirlash-qurilish uchastkasi - kon uchastkalaridagi ta'mirlash-qurilish ishlarini amalga oshiradi[7].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Rangli metallar metallurgiyasi, A.S.Hasanov, Q.S.Sanaqulov, A.A.Yusuoxodjayev, Fan, T.: 2009
- ↑ Almalikskiy jemchujina, V.Sigedin, Sharq, T.:1999
- ↑ Erta bugundan boshlanadi, O.Dadayeva, L.Filippovich, Kolor-Pak MCHJ, T.:2020
- ↑ Ko'hna va navqiron Olmaliq, A.Hasanov, T.Tolipov, M.Asqarov, A.Ataxanov, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, T.:2000
- ↑ Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy, S.Rizayev, O'zME davlat ilmiy nashriyoti, T.:2006
- ↑ Ezgulikka baxshida umr, O.Dadayeva tahriri ostida, Mashhur-Press, T.:2018
- ↑ https://www.agmk.uz/oz/mining/kovuldi-koni