Koy Sanjaq[nb 1], shuningdek, Koye (kurdcha: کۆیە[2][3], arabcha: كويسنجق[4], ivritcha: כוי סנג’ק[5], suryoniycha: ܟܘܝܐ[6]) Iroqning Kurdiston mintaqasidagi [[Erbil muhofazotida joylashgan tuman va shaharcha. Shaharchada 1923-yil qurilgan Mar Yusif xaldey katolik cherkovi mavjud[6].

Koy Sanjaq

کۆیە
Shaharcha
Skyline of Koy Sanjaq
36°4′58″N 44°37′43″E / 36.08278°N 44.62861°E / 36.08278; 44.62861
Mamlakat Iroq
Mintaqa Iroq Kurdistoni
Muhofazot Erbil muhofazoti
Tuman Koy Sanjaq tumani
Maydon 2,050 km2 (790 kv mi)
Aholisi
 (2013)
21,026[1]
Vaqt mintaqasi UTCUTC +3
Koy Sanjaq xaritada
Koy Sanjaq
Koy Sanjaq

Etimologiyasi

tahrir

Shahar nomi „köy“ (turkchada „qishloq“) va „sanjaq“ (turk tilida „bayroq“) soʻzlaridan olingan boʻlib, „bayroq qishlog'i“ deb tarjima qilinadi[7].

Tarixi

tahrir

Mahalliy aholiga koʻra, Koy Sanjaqqa Bagʻdoddagi qoʻzgʻolonni yengib, oʻz bayrogʻini tikkan hamda mavsumiy bozor oʻrnida garnizon tashkil etgan [[ Usmonlilar imperiyasi|Usmonli]] sultonining oʻgʻli tomonidan asos solingan. Mahalliy aholi askarlarga xizmat koʻrsatish uchun turar-joylar qurib, koʻchib oʻtishi bilan shaharga aylangan[7]. Koy Sanjaqdagi yahudiylar jamoasi haqida birinchi marta 18-asr oxirida tilga olinadi. Bu vaqtda jamiyat allaqachon tashkil etilgan edi[7]. Jamiyat oʻz qabristoniga ega boʻlib[5], yahudiy neo-arameycha va soraniy kurd tilida gaplashgan[8]. 19-asrda shaharda kichik xaldey katolik jamiyati tashkil etilgan[9]. 1913-yilda Koy Sanjaqda 200 ta xaldey katoliklari yashagan. Ularga Kirkuk arxeparxiyasining ikkita ruhoniysi va bitta cherkov xizmat qilgan[10].

1947-yilgi Iroqda aholini roʻyxatga olishda jami 8198 kishi, jumladan 7746 nafar musulmon, 268 nafar yahudiy va 184 nafar nasroniy boʻlgan[11].

1950-yilda Betvata qishlog‘idan 80-100 nafar yahudiy shaharchadan bir necha oyliki boshpana olib, mahalliy hamjamiyat sonini 350-400 kishiga yetkazgan. Koy Sanjaq yahudiylari bir yildan keyin Isroilga koʻchib ketishgan[11].

Koy Sanjaq aholisi 1965-yilda 10379 nafar edi[1]. 1994-yilda Eron havo hujumlarida shahardagi Kurdiston demokratik partiyasi (KDP) bazasi nishonga olindi. Natijada bir fuqaro halok boʻldi, uch nafar KDP jangarisi yaralandi[12]. 1999-yilda Armota qishlog‘idagi ossuriylar Koy Sanjaqdagi oʻz qishloqlarida masjid qurilishiga qarshi chiqishgan[13]. Koya universiteti 2003-yilda tashkil etilgan[14].

Mosuldan ko‘chirilgan 35 ossuriyalik oila 2014-yil noyabr oyida shahardagi cherkov binosiga joylashtirilgan. 2015-yilning aprel oyidan boshlab uylariga qaytarilmagan[15]. 2018-yilning mart oyi holatiga ko‘ra, Koy Sanjaqda 60 ossuriyalik oila istiqomat qiladi[16]. Ossuriy aholi asosan kurd tilida gaplashadi, baʼzilari suryoniycha gaplashadi[17].

2018-yil 8-sentabr kuni Eron Kurdistoni Demokratik partiyasining shaharchadagi qarorgohiga raketa hujumi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi[18].

Mashhur shaxslar

tahrir
  • Hoji Qodiy Koyiy (1817—1897) — Kurd shoiri
  • Dildor (1918—1948) — Kurd shoiri
  • Tohir Tavfiq (1922–1987) — Kurd musiqachisi
  • Fuad Masum (1938—yil tugʻilgan) — Kurd siyosatchisi va Iroq prezidenti (2014—2018)
  • Rounak Abdulvohid Mustafo (1942—2023) Iroq birinchi xonimi (2014—2018), Fuad Masumning xotini
  • Aras Koyiy (1972-yilda tugʻilgan) Kurd musiqachisi.

Izohlar

tahrir
  1. Alternatively transliterated as Kūsanjaq, Koi Sanjaq, Kou Senjaq, Koisanjaq, Köy Sancak, Köi Sanjaq, Kuway Sandjaq, Kou Senjak, Kuysanjaq, Koysancak[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Kūsanjaq“. World Gazetteer. 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  2. „The Jerusalem Post: Êrişa Îranê ya li Koye peyamek e ji bo Amerîka, Erebistan û Îsraîlê“ (ku). Rudaw Media Network (2018-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  3. „ڕێگای کۆیە - تەقتەق دادەخرێت“ (ku). Basnews (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  4. „كويسنجق“ (ar). Ishtar TV. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Cemetery, Koi Senjaq (Koy Sinjaq), Iraq“. Diarna: The Geo-Museum of North African and Middle Eastern Jewish Life. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  6. 6,0 6,1 „Koysenjaq“. Ishtar TV (2012-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  7. 7,0 7,1 7,2 Mutzafi (2004), ss. 1–2.
  8. Mutzafi (2004), s. 5.
  9. Wilmshurst (2000), s. 127.
  10. Wilmshurst (2000), s. 176.
  11. 11,0 11,1 Mutzafi (2004), s. 1.
  12. „Iranian Jets Bomb Kurdish Base in Iraq, Killing 1 and Hurting 3“. New York Times (1994-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  13. Lalik (2018), ss. 236–237.
  14. „The University“. Koya University. Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  15. „Displaced Christian families in Koya appeal not to be forgotten“. World Vision International (2015-yil 15-aprel). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  16. „Churches in Koya don't meet needs of Kurdistan's Christians“. Rudaw Media Network (2018-yil 13-mart). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  17. Lalik (2018), ss. 235–236.
  18. „Iran rockets Kurdish parties' headquarters in Kurdistan Region's Koya“. Rudaw Media Network (2018-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.

Adabiyotlar

tahrir
  • Lalik, Krzysztof „Ethnic and Religious Factors of Chaldo-Assyrian Identity in an Interface with the Kurds in Iraqi Kurdistan“, . Rediscovering Kurdistan's Cultures and Identities: The Call of the Cricket. Springer, 2018. 
  • Mutzafi, Hezy. The Jewish Neo-Aramaic Dialect of Koy Sanjaq (Iraqi Kurdistan). Otto Harrassowitz Verlag, 2004. 
  • Wilmshurst, David. The Ecclesiastical Organisation of the Church of the East, 1318–1913. Peeters Publishers, 2000.