Krestoviy dovoni

Gruziyadagi dovon

Krestoviy dovoni, Gudauri dovoni (gruzincha: ჯვრის უღელტეხილი) — Katta Kavkazning Suvayirgʻich tizmasi orqali Terek daryosi vodiysidan Aragvi daryosi vodiysiga oʻtiladigan dovon. Balandligi 2379 m. Krestoviy dovoni orqali Gruziya harbiy yoʻli (VladikavkazTbilisi) oʻtadi. Nomini, dovondan oshish nuqtasini belgilash uchun 1824-yilda oʻrnatilgan tosh butdan olgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil