Kriminologiya (lotincha criminis -jinoyat va yun. logos — taʼlimot, tushuncha) — jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchining shaxsi, jinoyatchilikning oldini olish yoʻllari, vositalari haqidagi fan. Mustaqil fan sifatida K. 20-asr oʻrtalarida jinoyat huquqi fanidan ajralib chikdi. Bu fanning vazariy asosi belgiyalik sotsiolog L. A. J. Ketle, italiyalik kriminalistlar Ch. Lombrozo, E. Ferri va boshqalarning taʼlimoti hisoblanadi.

K. jinoyatchilikni kishilarning jinoyatta oid qonun talablariga zid boʻlgan ijtimoiy xavfli qilmishlaridan iborat ijtimoiy hodisa sifatida tadqiqqiladi. Shuningdek, K. jinoyatchilikka oid maʼlumotlarni umumiy tarzda, shu bilan birga jinoyatlarning ayrim turlari va guruhlari boʻyicha hamda K.ga oid ayrim muammolar (mas, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, retsidiv jinoyatchilik, guruh jinoyatchiligi) boʻyicha tekshiradi. Jinoyatchilik sabablari, yaʼni umuman jinoyatchilikka va muayyan jinoyatlarni sodir qilishga taʼsir etadigan ijtimoiy omillar, hodisalar, jarayonlar ham K. predmeti hisoblanadi.

K. jinoyatchi, yaʼni turli jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning feʼlatvoriga biron-bir darajada taʼsir etuvchi ijtimoiy xususiyatlar hamda ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar, belgilar, sifatlar, aloqalar hamda munosabatlarni har tomonlama oʻrganadi. Jinoyatchilik va uning alohida turlarini aniq sotsiologik tadqiq qilish jinoyatchilik bilan turli ijtimoiy jarayonlar oʻrtasidagi bogʻliklikni belgilash va shu asosda uning oldini olish choralarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hozirgi K. zavonaviy hisoblash texnikasi, shuningdek, boshqa bir-biriga bogʻliq fanlar — sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya va shaxs psixologiyasi, pedagogika, iqtisodiyot va shahrik.ning yutuqlaridan keng foydalanadi. K.da hozirgi demokratik jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashning asosiy yoʻnalishlaridan birini tashkil qiluvchi jinoyatlarning oldini olish muammosi muhim oʻrin tutadi.

Adabiyot

tahrir
  • Usmovaliyev M., Karaqstov Y., Jinoyatchilikni oldini olishning kriminologik choralari, T., 1995; Antonyan Yu. M., Terrorizm. Kriminologicheskiye i ugolovno-pravovie issledovaniya, M., 1998.

Mamajon Usmovaliyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil