Kristina Şermetowa
Kristina Shermetova (turkmancha: Kristina Şermetowa; 1993-yil 25-mayda Ashxobodda tugʻilgan) — turkmanistonlik ogʻir atletikachi[1]. Uning eng yaxshi natijalari Anaxaymdagi ogʻir atletika boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionatida kumush medali boʻlgan.
Kristina Shermetova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | (ayol) |
Tavallud paytidagi ismi | Kristina Şermetowa |
Fuqaroligi | Turkmaniston |
Tavallud sanasi |
25-may 1993-yil Ashxobod, Turkmaniston |
Boʻyi | 1.73 m (5 ft 8 in) |
Vazni | 55 kg (121 lb) |
Sport | |
Qaysi sport | (Og'ir atletika) |
Biografiyasi
tahrir1993-yil 25-mayda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tugʻilgan. Bolaligidan sport raqslari bilan shugʻullangan..2007-yilda otasining qiz oʻrtogʻi Ashxobodda qizlar uchun ogʻir atletika maktabi ochgani uchun ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan.
Kristina interyuda quyidagicha izoh bergan: „Men raqsga tushganimni aytsam, koʻpchilik ishonmaydi. Dadamning qiz oʻrtogʻi ogʻir atletika maktabini ochganda, dadam meni ham roʻyxatdan oʻtishimni talab qilgan. Avvaliga menda katta istak yoʻq edi, lekin keyin uning maslahatiga ishondim. Va hozircha qarorimdan afsuslanish uchun hech qanday sabab yoʻq.“
Birinchi murabbiyi—Armen Stepanyan.
Faoliyati
tahrirFaoliyatidagi birinchi xalqaro muvaffaqiyati 2009-yilgi oʻgʻir atletika boʻyicha 48kg vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali boʻlgan.
Kristina jarohatlari tufayli 2015 va 2016-yilgi mavsumlarni oʻtkazib yuborgan.
2017-yil Kristina Şermetowa uchun muvaffaqiyatli boʻlgan. Sportchi ogʻir atletika boʻyicha 2017-yilgi Osiyo chempionatida 53kg vazn toifada uchinchi oʻrin sohibasi va 2017-yil Anaxaymdagi ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
2021-yil iyul oyida 2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkmaniston sharafini himoya qilgan. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida 6-oʻrinni egallagan[2][3].
Asosiy natijalar
tahrirYil | Hudud | Ogʻirlik | Urinishlar (kg) | siltab koʻtarish (kg) | Jami | Natija | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | Rank | 1 | 2 | 3 | Rank | |||||
Turkmaniston nomidan ishtiroklari | ||||||||||||
Olimpiyada oʻyinlari | ||||||||||||
2021-yil | Tokyo, Yaponiya | 55 kg | 90 | 5 | 111 | 115 | 5 | 205 | 6 | |||
Jahon chempionati | ||||||||||||
2019-yil | Pattaya, Tailand | 55 kg | 83 | 86 | 14 | 107 | 110 | 12 | 196 | 11 | ||
2018-yil | Ashxobod, Turkmaniston | 55 kg | 90 | 93 | 9 | 113 | 117 | 7 | 210 | 8 | ||
2017-yil | Anaheim, Qoʻshma Shtatlar | 53 kg | 88 | 91 | 109 | 111 | 113 | 204 | ||||
Osiyo oʻyinlari | ||||||||||||
2018-yil | Jakarta, Indoneziya | 53 kg | 88 | 91 | 93 | 1 | 110 | 113 | 3 | 206 | ||
Osiyo chempionati | ||||||||||||
2021-yil | Toshkent, Oʻzbekiston | 55 kg | 88 | 6 | 110 | 7 | 198 | 7 | ||||
2019-yil | Ningbo, Xitoy | 55 kg | 63 | 68 | 12 | 98 | 104 | — | 6 | 172 | 8 | |
2017-yil | Ashxobod, Turkmaniston | 53 kg | 78 | 5 | 100 | 104 | 182 | |||||
2012-yil | Pyeongtaek, Koreya Respublikasi | 58 kg | 77 | 81 | 83 | 8 | 95 | 100 | 8 | 183 | 8 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Kristina Şermetowa“. IWF.net. 2018-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-avgust.
- ↑ „Шерметова заняла шестое место на Олимпиаде в соревнованиях по тяжёлой атлетике“. 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
- ↑ „Women's 55 kg Results“. 2020 Summer Olympics. 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-iyul.