Krisztián Tóth
Krisztián Tóth (tugʻ. 1994-yil 1-may, Darmstadt, Hessen, Germaniya) — vengriyalik dzudochi, 90 kg vazn toifasida, Vengriya terma jamoasi aʼzosi. Vengriya chempioni, Yozgi Universiada, Yevropa va Jahon chempionatlari sovrindori. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.
Krisztián Tóth | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Vengriya |
Tavallud sanasi |
1-may 1994-yil Darmstadt, Hessen, Germaniya |
Vazni | 90 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Bronza | Tokio 2020 | 90 kg |
Dzyudo bo'yicha Jahon chempionati | ||
Kumush | Chelyabinsk 2014 | 90 kg |
Bronza | Budapesht 2021 | 90 kg |
Dzyudo bo'yicha Yevropa chempionati | ||
Bronza | Montpellier 2014 | 90 kg |
Kumush | Qozon 2016 | 90 kg |
Bronza | Lissabon 2021 | 90 kg |
Universiada | ||
Bronza | Neapol 2019 | 90 kg |
Faoliyati
tahrir1994-yil 1-mayda Darmstadtda (Hessen) tugʻilgan. Oʻrta vazn toifasida (90 kg gacha) ishtirok etadi. 2008-yilda kadetlar oʻrtasida Vengriyaning kumush medali va 2009-2010-yillarda chempioni. 2010-2011-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Vengriya chempionati gʻolibi. 2012-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Vengriya chempionati gʻolibi. Ketma-ket besh marta (2011-2015) kattalar oʻrtasida Vengriya chempioni boʻldi. Nufuzli xalqaro turnirlarning koʻp karra gʻolibi va sovrindori. 2019-yilda Neapolda (Italiya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Yozgi Universiada bronza medali sovrindori. Yevropa chempionatining bronza (2014) va kumush (2016) sovrindori. 2014-yilda Chelyabinskda (Rossiya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori.[1]
2016-yilda Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan. Olimpiadada u birinchi bahsda keniyalik magʻlub etdi, Ikkinchisida u xitoylik dzyudochi Cheng Xunzhaoga yutqazib qoʻydi va yakuniy 9-oʻrinni egallab, keyingi jangni tark etdi.[2][3]
2021-yilda Lissabonda (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 90 kg vazn toifasida vengriyalik sportchi turnirning bronza medalini qoʻlga kiritdi.[4]
2021-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oldidan Jahon chempionatida venger uchinchi oʻrin uchun kurashda mongoliyalik sportchi Gantulgin Altanbaganni magʻlub etib, 90 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[5]
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 90 kg gacha vazn toifasida u bronza uchun kurashda rossiyalik dzyudochi Mikhail Igolnikovni.[6][7]
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.judoinside.com/judoka/49987/Krisztian_Toth/judo-career
- ↑ https://www.olympedia.org/athletes/134371
- ↑ http://olimpia.hu/champdata/details/id/470#ordertype
- ↑ https://www.ijf.org/judoka/3364
- ↑ https://m4sport.hu/cselgancs/cikk/2021/06/10/toth-krisztian-bronzermes-a-budapesti-cselgancs-vilagbajnoksagon/
- ↑ https://www.insidethegames.biz/articles/1110896/arai-bekauri-judo-tokyo-2020-olympics
- ↑ https://index.hu/sport/2021/tokio/2021/07/28/toth-krisztian-bronzerem-cselgancs-tokio-olimpia/