Kubat posho madrasasi
Kubat Posho madrasasi (turkcha: Kubat Paşa Medresesi) Turkiya janubidagi Mersin viloyati Tarsus tumanida joylashgan tarixiy madrasa binosi.
Joylashuvi
tahrirMadrasa eski shahar markazida asosiy koʻchadan janubda bunyod etilgan boʻlib, u yerda boshqa tarixiy binolar, jumladan Tarsus Katta masjidi, Danyal maqbarasi va Avliyo Pavlus cherkovi ham joylashgan. Madrasa binosi gʻarbda Danyal maqbarasiga qaragan.
Tarixi
tahrirMadrasa islom mamlakatlaridagi asosiy diniy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Kubat posho madrasasi 1557-yilda Ramazoniylar xonadonining aʼzosi, Usmonlilar imperiyasining vassali beklaridan boʻlgan Piri Poshoning ukasi Kubat Posho tomonidan asos bunyod etilgan[1]. 1517-yilda Ramazoniylar Usmonlilar hukmronligini qabul qilganlar[2][3][4].
Madrasa oʻtmishda koʻp taʼmirdan chiqqan. 1969-1970-yillardagi restavratsiya jarayonida u muzey sifatida foydalanish uchun qayta ishlangan va bu jarayonda u oʻzining bir qancha asl xususiyatlarini yoʻqotgan[2]. 1999-yilda Tarsus muzeyi 75 yillik madaniyat markazidagi hozirgi binosiga koʻchirilgan. Danyal masjidi maqbarasidagi restavratsiya ishlari davomida madrasa binosi qisqa vaqt ichida masjid sifatida foydalanilgan[3][4].
Arxitekturasi
tahrirSaljuqiylar meʼmorchiligi asnosida loyihalashtirilgan va toshli asosdan qurilgan madrasa toʻrtburchaklar tarhga ega. Dastlab, bino ikki qavatli, hovli atrofida bitta ayvonli boʻlgan. 1970-yildagi restavratsiya ishlari davomida bino oʻzining asl koʻrinishini sezilarli darajada yoʻqotgan. U 16 xonadan iborat kichik toʻrtburchak bino shakliga kelib qolgan. Tonozli xonalarning har biri kamin bilan jihozlangan. Madrasaga kirish janubi-gʻarbiy tomonga qaragan Saljuqiylar meʼmorchiligi uslubida bezatilgan peshtoq orqali amalga oshiriladi.
2012-yilda Tarsus munitsipaliteti madrasada navbatdagi restavratsiya ishlarini amalga oshirgan[4]. Bu ishlar davomida kirish darvozasi tagida qadimgi yunon tilidagi, Rim davriga oid deb taxmin qilingan yozuv topilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Kubat Paşa Medresesi - Mersin“ (tr). Türkiye Kültür Portalı. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Kubat Paşa Medresesi“ (tr). Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „arsus Kubat Paşa Medresesi Hakkında Bilgi“ (tr). Mersin'im. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Tarsus'ta Kubat Paşa Medresesi Restore Ediliyor“ (tr) (2012-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Tarsus'ta Medrese Restorasyonunda Roma Dönemine Ait Kitabe Bulundu“ (tr) (2012-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 20-oktyabr.