Kuchar
Kuchar, Kusan, Kuche, Kuchar qadimiy, tarixiy shahar va viloyat (miloddan avvalgi 2 — mil. 10-asr). Torim vohasida joylashgan. "Kusan" atamasi mil av. 2-asrda yozilgan Xitoy bitiklarida uchraydi. Unga koʻra, ayni zamonda Kucharda yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlat mavjud boʻlgan (qarang Kuchar davlati.). Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Kucharda odam yashayotganiga bir necha ming yillar boʻlgan. Viloyatda joylashgan Chimbogʻ qabristonidagi bir koʻhna qabrdan miloddan avvalgi 1-ming yillikka oid qora va qizil sopol idishlar, temir, mis, yogʻoch va suyaklardan yasalgan buyumlar topilgan. Kucharaholisining katta bir qismi savdo bilan shugʻullangan. Kucharliklar sanʼatda, jumladan, uyin va gazalxonlikda mohir boʻlgan. Yozuv ishlari mahalliy va hind yozuvlarida olib borilgan. Manbalarning guvohligiga koʻra, 2—3-ming yil -muqaddam kuchar atrofida "quyuq va sassiq hidli suyuqlik" oqib turadigan joy boʻlgan. Mahalliy xalq ulardan foydalanishgan. Keyinchalik ushbu buloq boʻlib oqib turadigan sassiq suyuqlik neft ekanligi aniqlangan. Hozir kuchar viloyati Torim vohasidagi yirik zavonaviy neft ishlab chiqarish maskaniga aylangan. Kuchar shahri atrofida bir necha tarixiy yodgorliklar mavjud[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |