Serafim Nikolaevich Kudryashov (1907-1943-yillarda yashab oʻtgan) — sovet geobotanigi.

Serafim Nikolayevich Kudryashov
Tavalludi 1907-yil 29-avgust
Qozon, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1943-yil 3-aprel (35 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR
Sohasi Botanika
Taʼlimi ToshDU
Ilmiy unvoni Biologiya fanlari nomzodi, Qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi

Hayoti tahrir

1907-yil 29-avgustda Qozon shahrida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo davlat universitetida M. G. Popov va E. P. Korovinlar bilan birga tahsil olgan.

Botanik olim ushbu universitetni 1929-yilda tugatgan:

1928-yildan Oʻrta Osiyo tabiat muzeyining Botanika boʻlimi mudiri lavozimida ish boshlagan.

1930-yilda Kudryashev efir moyli ekinlar boʻyicha tajriba stansiyasi direktori va SAGU botanika bogʻida mutaxassis etib tayinlangan va tez orada ushbu bogʻ direktorining oʻrinbosari boʻlgan.

Serafim Nikolayevich Tojikiston botanika bogʻining barpo etilishida oʻz hissasini qoʻshgan olimlardan.

1935-yilda S.N. Kudryashev Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Fanlar qoʻmitasiga oʻtgan, keyinchalik u SSSR Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston filialiga joʻnatilgan

  • 1936-yilda biologiya fanlari nomzodi;
  • 1937-yilda qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
  • 1940-yildan Toshkent pedagogika institutining botanika fakultetida dars bera boshlagan.
  • 1942-yilda Serafim Nikolayevich Botanika va tuproqshunoslik instituti direktori etib tayinlangan.

Botanik-olim Kudryashev1943-yil 3-aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.

S. N. Kudryashov nomidagi ba’zi oʻsimlik taksonlarining atalishi tahrir

  • Kudrjaschevia Pojark. (1953-yil)
  • Astragalus kudrjaschovii A.S.Korol. (1937-yil)
  • Euphorbia kudrjaschevii (Pazij) Prokh. (1949-yil)
  • Hedysarum kudrjaschevii Korotkova (1947-yil)
  • Salvia kudrjaschevii (Gorschk. & Pjataeva) Sytsma (2017-yil)
  • Silene kudrjaschevii Schischk. (1936-yil)

Adabiyotlar tahrir

  • Байкова Е. В., Турдибоев О. А. Серафим Николаевич Кудряшев (к 114-летию со дня рождения). // Растительный мир Азиатской России. — 2021. — № 2. — С. 168—173. — ISSN 1995-2449. — doi:10.15372/RMAR20210207.
  • Липшиц С. Ю. С. Н. Кудряшев // Русские ботаники. — 1947. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  • Сумневич Г. П. Профессор С. Н. Кудряшев (1907—1943) // Ботанический журнал. — 1945. — Т. 30, № 5. — С. 233—240. — ISSN 0006-8136.