Kuluraki (gr grekcha: κουλουράκια, IPA: [kuluˈraca]; b.sh: κουλουράκι) — an'anaviy yunon pechenesi hisoblanib, odatda ular Pasxa bayramida[1] pishiriladi va Buyuk shanba kunidan soʻng iste'mol qilinadi.[2]

Kuluraki

Kuluraki pechenesi
Milliy oshxona yunon oshxonasi
Asl nomi grekcha: κουλουράκια

Kuluraki sariyogʻi asosidagi pechenye boʻlib, uning ustiga tuxumli qiyom quyilgan.[3] Ular vanilli shirin nafis lazzatga ega. Xamirga koʻpincha lazzat qoʻshish uchun chinnigullar, shuningdek, apelsin sharbati qoʻshiladi. Ustiga esa kunjut urugʻi sepiladi. Uning oʻziga xos xususiyati — bu halqa shakliga ega. Bu soʻz, kichik dumaloq non yoki qutqaruv halqasining kichraytirilgan shaklidan olingan.

Mazkur pishiriq toʻqilgan doiralar,[4] oʻralgan qisqichlar, sakkizoyoq, gulchambarlar, taqa yoki yunoncha harflar shaklida boʻlishi mumkin. An'anaga koʻra esa ular asosan ilon shaklida boʻladi. Ushbu pechenye odatda ertalabki qahva yoki tushdan keyingi choy bilan birga iste'mol qilinadi. Barcha qandolat mahsulotlari singari, kuluraki odatda quruq joyda saqlanadi, masalan, ochib-yopiluvchi qopqoqli bonkada.

Tarixi

tahrir

Gretsiyada mazkur kulurakilar minoy tsivilizatsiyasi davridan buyon tayyorlanib kelinadi.[5] Minoysliklar ushbu qandolat namunasini kichik ilonlar shaklida tayyorlashgan, chunki ular ilonda shifobaxsh xususiyatlari mavjudligi sababli sigʻinishgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Greek Easter cookies (Koulourakia)“. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  2. Любомирова К.. Пасхальный стол из мультиварки/Печенья Кулураки. Москва: Рипол-Классик, 2014. ISBN 9785386069858. 
  3. „Греческое печенье Кулураки“. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  4. „See what's for dessert at LI Greek festivals“. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  5. Maria Rodale, Koulouria — A Traditional Greek Dessert