43°11′58.000000000004″N 46°5′28″E / 43.19944444444444542°N 46.09111°E / 43.19944444444444542; 46.09111

Kurchaloy islom instituti
(КИИ)
Asl nomi ruscha: Курчалоевский исламский институт
Asos solingan 1988-yil
Rektori Xoji Ahmad Ibragimov
Talabalari 300
Manzili Kurchaloy, Qodirov koʻchasi 8 Checheniston
Vebsayti kurchaloy-islam-inst.ru

Ahmad Qodirov nomidagi Kurchaloy islom instituti (KII; ruscha: Курчалоевский исламский институт, KII) – Checheniston, Rossiya, Kurchaloy shahridagi oliy kasbiy taʼlimning diniy islom tashkiloti. Bu Shimoliy Kavkazdagi birinchi islom institutidir[1].

Tarixi

tahrir

1988-yilda din arbobi, tadbirkor, filantrop Nasuha-Xodji Axmatov Shimoliy Kavkazda birinchi „Shimoliy Kavkaz madrasasi“ ni tashkil etgan, u yerda hamma islom dini qonunlarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlgan, shu bilan birga u Ahmad Qodirovga oʻz rejalarini amalga oshirishda yordam berish uchun murojaat qilgan. Oʻsha paytda Ahmad Xoji Qodirov ilohiyotshunos olim edi. Buxoro „Mir-i Arab“ madrasasini va Toshkent islom institutini tamomlagan. Dastlab institut oʻzining asoschisi Nasuha-Xoji Axmatov sharafiga shunday nomlangan[1].

1991-yil 29-aprelda madrasa oliy diniy taʼlim muassasasi – Kurchaloy islom institutiga aylantirildi. 2004-yilda Checheniston Respublikasi Prezidenti Ahmad-Xoji Qodirov vafotidan keyin Nasuha-Xoji Axmatov tashabbusi bilan institut A-X. Qodirov nomidagi Kurchaloy Islom instituti deb oʻzgartirildi[2].

2007-yilda Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov tashabbusi bilan Islom universitetida rekonstruksiya ishlari olib borilgan. Yangi binolar: maʼmuriy va oʻquv binolari, 220 oʻrinli yotoqxona, oshxona va sport zali qurilgan[1].

Taʼlim

tahrir

Institut faoliyat olib borgan yillari davomida imom-ilohiyotchi, arab tili oʻqituvchisi mutaxassisliklari boʻyicha 700 nafardan ortiq talabalar oʻqishni bitirildi. 2018-yil holatiga institutda 332 nafar talaba tahsil olgan[3]. Institutning Checheniston Respublikasida 13 ta filiali mavjud[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Основные сведения“ (ru). kurchaloy-islam-inst.ru. 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.„Osnovnie svedeniya“. kurchaloy-islam-inst.ru (in Russian). Archived from the original on 7 March 2022. Retrieved 7 March 2022.
  2. „"Любить народ, бояться Всевышнего": интересные факты о жизни Ахмата-Хаджи Кадырова“ (ru). Чечня сегодня (2020-yil 17-avgust). 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  3. „Первый исламский вуз“ (ru). Вести Республики (2018-yil 8-sentyabr). 2021-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  4. „В Исламском институте завершился учебный год“ (ru). Грозный Информ (2008-yil 4-iyun). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.

Havolalar

tahrir