Kurendogʻ
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kurendogʻ — Turkmanistonning gʻar-bidagi togʻ tizmasi. Shim-gʻarbda Kopetdogʻning gʻarbiy tarmoqlari bilan chegaradosh, oʻz. 60 km. Balandligi 971 m gacha (Kuren togʻi). Ohaktosh, gildan tarkib topgan. 500 m balandlikkacha choʻl va chala choʻl oʻsimliklari, undan yuqorida subtropik dasht oʻsimliklari oʻsadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |