Kurmanbek Jandarbekov
Kurmanbek Jandarbekov (7-yanvar 1905-yil, Sirdaryo viloyati – 9-iyul 1953-yil Chimkent) – sovet opera xonandasi, rejissor, Qozogʻiston SSR xalq artisti. Ikkinchi darajali Stalin mukofoti laureati. Qozoq milliy teatrining asoschisi.
Kurmanbek Jandarbekov | |
Tavalludi | 7-yanvar 1905-yil Sirdaryo viloyati, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti | 9-iyul 1953-yil (48 yoshda) Chimkent, Qozogʻiston SSR, SSSR |
Millati | qozoq |
Sohasi | xonanda |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirKurmanbek Jandarbekov 1905-yil 7-yanvar kuni Rossiya Imperiyasi tarkibidagi Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 1925-yili Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Kurmanbek Jandarbekov 1925-yilda Qiziloʻrda drama teatri aktyori sifatida ish boshladi. 1928-1929-yillarda Herasimov nomidagi kinematografiya institutida tahsil olgan. Kurmanbek Jandarbekov 1934-yilda Abay nomidagi Qozoq davlat teatrida oʻz faoliyatini boshladi. 1944-yildan 1948-yilgacha Qozoq davlat teatri badiiy rahbari, 1953-yildan 1955-yilgacha rejissyor hamda 1956-yildan 1959-yilgacha bosh rejissor sifatida faoliyat yuritdi. 1949-yildan Olmaota davlat konservatoriyasining opera yoʻnalishida dars berishni boshlagan. 1961-yildan konservatoriya direktori lavozimiga tayinlangan. Kurmanbek Jandarbekov 1970-yilda professor darajasiga yetishgan.
Sanʼati
tahrirKurmanbek Jandarbekov qozoq milliy teatrining asoschilaridan biridir. Shuningdek, u bir qancha teatrlarda direktor hamda rejissor sifatida ishlab, qozoq teatriga oʻz hissasini qoʻshgan[1].
Teatrdagi rollari
tahrir- Muxtor Avezovning „Qorakoʻz“ asari – qoʻshiqchi Sarim
- Muxtor Avezovning „Enlik-Kebek“ asari – Kebek
- Furmanovaning „Qoʻzgʻolon“ asari – Furmanov
Kinodagi rollari
tahrirMukofotlari
tahrirKurmanbek Jandarbekov qozoq sanʼati va madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda adabiyot sohasini aholi orasida targʻib qilganligi uchun „Lenin ordeni“ bilan mukofotlangan. Tuleboevning „Birjan va Sara“ operasini namunali tashkil qilganligi uchun 2-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan.
Oilasi
tahrirBirinchi turmush oʻrtogʻi Zura Otaboyeva – qozoq drama aktrisasi boʻlib, 1909—1974-yillar oraligʻida yashagan.
Ikkinchi turmush oʻrtogʻi Shara Jiyenqulova – Qozogʻiston SSR xalq artisti, raqqosa. 1912—1991-yillarda yashagan. Sharaning oʻgli Bulat Jandarbekov hisoblanadi. Bulat Jandarbekov „Chirakning jasorati“ dramasi muallifidir[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „«Калкаман и Мамыр» в Энциклопедии балета“. 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.
- ↑ „«Весна» в Энциклопедии балета“. 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.