Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)

Sirdaryo viloyati – Turkiston general-gubernatorligining 5 viloyatidan biri. 1867-yil tashkil etilgan. Markazi – Toshkent shahri. Tarkibida Gʻazali, Perovskiy, Chimkent, Avliyoota, Toshkent (1887-yilgacha Qurama nomida). Xoʻjand (1887-yilgacha), Jizzax (1872-yilgacha) uyezdlari, Toshkent shahri va 1886-yildan Amudaryo boʻlimi kirgan. 1910-yilgi maʼlumotga koʻra, Sirdaryo viloyati maydoni 439428 kv chaqirim; aholisi 1911464 kishi boʻlgan (1867-yil 675 000, 1917-yil 2155 500)[2].

Sirdaryo viloyati
ruscha: Сырдарьинская область



Gerb
Gerb
Viloyat
Tegishli Turkiston general-gubernatorligi
Maʼmuriy markazi Toshkent
Asos solingan sanasi 1867-yil 11-iyul
Aholi (1897-yil) 1 478 398 kishi[1]
Maydoni 504 700 km²
Xaritada
Sirdaryo viloyati xaritada
Koordinatalari: 41°18′0.000″N 69°16′0.001″E / 41.30000000°N 69.26666694°E / 41.30000000; 69.26666694 G O

1918-yil 30-aprelda viloyat Turkiston ASSRning bir qismiga aylanadi. 1920-yil oktyabrda Amudaryo boʻlimi Amudaryo viloyatiga aylantiriladi. 1924-yil 27-oktyabrdagi milliy-hududiy chegaralanish natijasida Sirdaryo viloyati hududining katta qismi Sirdaryo guberniyasi shaklida Qirgʻiz ASSRga (1925-yildan Qozogʻiston ASSR), kichik qismi (Toshkent uyezdi) Oʻzbekiston SSRga, Talas vodiysi Qoraqirgʻiz muxtor viloyatiga (1925-yildan Qirgʻiz avtonom viloyati) berildi. 1925-yil 29-yanvarda OʻzSSR tarkibida Sirdayo viloyatining bir qismida Toshkent viloyati tashkil qilindi. 1928-yil 17-yanvarda Qozogʻiston ASSRda okruglarga boʻlish joriy etilishi bilan Sirdaryo viloyati butunlay tugatildi.

Geografiyasi tahrir

Viloyat Turkiston oʻlkasining shimoli-gʻarbiy qismini egallagan.

Shimolda Toʻrgʻay va Oqmoʻla viloyatlari bilan, sharqda Yettisuv viloyati bilan, janubda Fargʻona va Samarqand viloyatlari va Buxoro bilan, janubi-gʻarbda Xiva mulklari bilan, gʻarbda – Orol dengizi bilan chegaradosh. Bu uzunlik boʻylab choʻzilgan toʻrtburchakka oʻxshaydi.

Maydoni 504 700 km² (443 442 kv. versta). Viloyatning uzunlik boʻyicha eng katta qismi taxminan 1173 km (1100 versta), kengligi taxminan 747 km (700 versta).

Sirdaryo viloyati Turkiston oʻlkasi hududining 70%ga yaqin qismini va Turkiston general-gubernatorligining 25%ga yaqin qismini egallagan.

Hokimyat organlari tahrir

Maʼmuriy boʻlinishi tahrir

Sirdaryo viloyati uyezdlari uchastka, volost, shuningdek, ayrim qishloq va ovullardan tarkib topgan ovul va qishloq jamoalariga boʻlingan.

Dastlab viloyat 8 ta uyezdga boʻlingan: Avliyoota, Jizzax, Perovskiy, Toshkent, Turkiston, Xoʻjand, Gʻazali va Chimkent. Toshkent uyezdi 1868—1887-yillarda Qurama uyezdi deb atalgan. 1868-yilda Turkiston uyezdi tugatilgan. 1886-yilda Jizzax va Xoʻjand uyezdlari Samarqand viloyati tarkibiga oʻtkazildi, Amudaryo boʻlimi esa Sirdaryo viloyatiga berildi[3].

XX asr boshlarida viloyat 5 ta uyezd va bitta boʻlimdan iborat boʻlgan.

Uyezd Uyezd shahri Uyezd shahri
gerbi
Maydoni,
versta²
Aholisi[1]
(1897), kishi
1 Avliyoota Avliyoota (11 722 kishi)   65 420,0 276 169
2 Perovskiy Perovsk (5 058 kishi)   65 840,0 133 663
3 Toshkent Toshkent (155 673 kishi)   38 870,0 448 493
4 Gʻazali Gʻazali (7 585 kishi)   59 800,0 140 541
5 Chimkent Chimkent (11 194 kishi)   124 950,0 285 059
6 Amudaryo boʻlimi Petro-Aleksandrovsk (3 111 kishi)   97 960,0 194 473

1903-yil holatiga Sirdaryo viloyatining uyezdga boʻysunmaydigan shahri

Uyezdsiz shahar Aholisi (1897) Uyezdga boʻysunmaydigan
shahar gerbi
Tarkibida Aholisi[1]
(1897), kishi
1 Turkiston 11 253 kishi   Chimkent uyezdi

1920-yil Amudaryo boʻlimi Amudaryo viloyati shaklida qayta tashkil qilindi[3].

Harbiy gubernatorlari tahrir

Ism-familyasi Unvoni Rahbarlik davri
Nikolay Golovachev general-leytenant
14.07.1867—02.06.1877
Vitaliy Trotskiy general-leytenant
05.05.1878—1883
Nikolay Grodekov general-leytenant
02.06.1883—12.06.1892
Nikolay Korolkov general-leytenant
30.07.1892—28.06.1905
Ivan Fedotov general-leytenant
28.06.1905—17.08.1906
Mixail Romanov general-leytenant
17.08.1906—01.02.1911
Aleksandr Galkin general-leytenant
01.02.1911—29.08.1916
Aleksandr Madritov general-leytenant
29.08.1916—1917

Harbiy gubernator yordamchilari tahrir

Ism-familyasi Unvoni Rahbarlik davri
Nikolay Dingelshtedt haqiqiy davlat maslahatchisi
14.01.1884—04.11.1890
Pyotr Xomutov haqiqiy davlat maslahatchisi
14.11.1890

Aholisi tahrir

Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)dagi aholi oʻtroq, yarim oʻtroq, koʻchmanchi, yarim koʻchmanchilarga boʻlingan. 20-asr boshlarida viloyat aholisining 1/3 qismi oʻtroq va 2/3 qismi koʻchmanchi boʻlgan. Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)ning shimoli-gʻarbiy qismi (Perovskiy, Gʻazali, Chimkent, Avliyoota va Amudaryo boʻlimining katta qismi)da, asosan, koʻchmanchilar, qozoqlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, loʻlilar yashagan. Oʻtroq aholi tarkibiga: oʻzbek, sart, tojik, buxoro yahudiylari, tatarlar, Rossiyadan koʻchirib keltirilgan rus dehqonlari va boshqa kirgan. Oʻtroq aholi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan, koʻchmanchilar esa, asosan, chorvachilik, yarim koʻchmanchilar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishgan.

1897-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, viloyatda 1 478 398 kishi (ulardan 803 411 nafari erkak va 678 987 nafari ayol), xususan shaharlarda 205 596 kishi istiqomat qilgan. Viloyat aholisi tarkibida Toshkent shahri (155 673 kishi) nufusi qayd etilmagan, Sirdaryo viloyatining yirik shaharlari yoʻq.

1897-yilda aholining soʻzlashadigan tili boʻyicha taqsimlanishi[1] (tillarning taʼrifi XIX asr tilshunosligi boʻyicha berilgan)[4]:

Okrug qirgʻiz-qozoqlar sartlar oʻzbeklar qoraqalpoqlar ruslar ukrainlar tojiklar boshqa turklar
Butun viloyatda 64,4 % 9,7 % 4,3 % 6,3 % 2,1 % 1,0 % 10,7 %
Avliyoota 90,9 % 3,0 % 1,8 % 2,0 % 1,0 %
Perovskiy 97,4 % 1,0 %
Toshkent 36,3 % 24,2 % 4,0 % 1,0 % 1,0 % 31,8 %
Gʻazali 96,6 % 2,0 %
Chimkent 78,8 % 11,2 % 7,2 % 1,4 %
Amudaryo boʻlimi 24,2 % 17,7 % 48,0 % 1,6 % 7,0 %
Okrug Qirgʻiz-qozoqcha (hozirgi Qozoq tili) Alohida ajratib koʻrsatilmagan turk sheva va lahjalari (turli hududlarda tasniflanmagan lahjalar va tillardan foydalangan holda turli xil populyatsiyalar ustunga kiritilgan) Sartcha(hozirgi Oʻzbek tilining shevasi)[5]. Qoraqalpoqcha Oʻzbekcha(hozirgi Oʻzbek tilining shevasi)[5]. Velikoruscha (hozirgi Rus tilining shevasi) Maloruscha (hozirgi Rus tilining shevasi) Tojikcha Tatarcha(Qisman hozirgi Tatar tilining shevasi)
Butun viloyatda 952 061 158 675 144 275 93 215 64 235 31 900 12 853 5 557 5 257
Shaharlarda 10 038 116 627 23 446 45 17 533 22 258 3 493 1 081 4 416
Uyezdlarda (shaharlar
hisobga olinmagan)
942 023 42 048 120 829 93 170 46 702 9 642 9 360 4 476 841
Butun Toshkent uyezdida 163 105 142 630 108 765 11 511 17 510 2 921 4 531 2 616
Tashkent sh. 1 911 116 604 11 749 0 61 14 993 2 600 339 2 313
Toshkent uyezdi shaharlarsiz 161 194 26 026 97 016 11 450 2 517 321 4 192 303
Butun Avliyoota uyezdida 250 988 2 313 1 460 2 8 474 5 129 5 339 379 630
Avliyoota sh. 589 18 386 0 8 460 1 055 291 379 266
Butun Gʻazali uyezdida 135 850 2 487 0 47 2 821 95 353 659
Butun Petrovskiy uyezdida 130 269 3 1 450 9 4 1 048 117 2 517
Petrovsk sh. 2 253 0 1 384 6 4 694 48 0 434
Gʻazali sh. 3 358 2 487 0 42 2 517 93 352 627
Butun Chimkent uyezdida 224 704 0 32 043 40 20 709 2 236 4 198 0 646
Chimkent sh. 451 0 9 468 0 9 637 196 0 120
Turkiston sh. 1 415 0 15 0 8 918 230 82 0 513
Amudaryo boʻlimida 47 145 13 727 70 93 153 34 490 3 156 183 292 189
Petro – Aleksandrovsk sh. 61 3 9 19 39 2 132 189 11 143

Iqtisodiy-ijtimoiy hayoti tahrir

Koʻchmanchilarga doimiy foydalanish uchun berilgan barcha yerlar davlat mulki hisoblanib, bu yerlarni ular boshqa shaxslarga berib turishlari yoki sotishlari man qilingan. 1915-yil Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da ekin ekiladigan 1 079 713 desyatina yer, foydalanilmaydigan 33 855 811 desyatina yer bor edi. 1915-yil Sirdaryo viloyatida umumiy uzunligi 17 151 chaqirimdan iborat 3006 ta ariq boʻlgan. 1900-yilda Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da 49 ta Madrasa (1099 talaba), 1809 maktab (19453 oʻquvchi) boʻlgan.

Sirdaryo viloyati Turkiston oʻlkasining Rossiya ichki bozorlari bilan savdo aloqalarida muhim rol oʻynagan. Viloyatdan chetga, asosan, paxta, teri, jun, bugʻdoy, meva, chorva joʻnatilgan. Rossiyadan esa gazlama, yogʻoch-taxta, kerosin, temir, poʻlat, choʻyan, mis va mis buyumlar, attorlik va baqqollik tovarlari, choy, qand, poyabzal, bugʻdoy, baliq va boshqa keltirilgan. 1908-yil Sirdaryo viloyatida 156 ta kustar tipidagi fabrika va zavodlar (1460 ishchi) boʻlgan. Viloyatda 1884-yil 300 desyatina yerga, 1914-yilga kelib esa 83 906 desyatina yerga amerika paxta navi ekilgan. Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da chorakorlik keng tarqalgan.

20-asr boshlariga kelib Sirdaryo viloyatida podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik qarakati avj olgan. 1916-yilgi mardikorlikka olish haqidagi podsho farmoniga javoban viloyatning barcha uyezdlari va Amudaryo boʻlimida gʻalayonlar boʻlib oʻtgan. Koʻp qishloqlarda dehqonlarning gʻalayonlari politsiya va qoʻshinlar bilan toʻqnashuvga aylangan. Bunday toʻqnashuvlar 12-iyulda Yangibozor qishlogʻida, 13-iyulda Toʻytepa qishlogʻida, 14-iyulda Troitsk, Xonobod va Piskent qishloqlarida boʻlib oʻtgan. Bulardan tashqari, qoʻzgʻolonlar Jaloltepa, Xitoytepa, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqqoʻrgʻon, Jousgʻum, Oltin volostlariga ham yoyilgan. 1924-yil Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi) Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish oʻtkazilishi tufayli tugatilgan.

Ramzlari tahrir

Sirdaryo viloyati gerbi 1878-yil 5-iyulda (58684-sonli qonun) tasdiqlangan – "Oltin qalqonda, tepada va pastda ikkita yashil, agʻdarilgan, uzum barglari bilan birga boʻlgan jozibali toʻlqinli kamar. Qalqon Qadimgi Qirollik toji bilan bezatilgan va Aleksandr lentasi bilan bogʻlangan oltin eman barglari bilan oʻralgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Первая всеобщая перепись населения Российской Империи 1897 г.“. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. 3,0 3,1 Sirdaryo viloyati // Katta Rossiya ensiklopediyasi, 35 tom (ru), Moskva, 2004—2007. 14-dekabr 2023-yilda qaraldi. 
  4. „Демоскоп Weekly — Приложение. Справочник статистических показателей“. 2013-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-mart.
  5. 5,0 5,1 Bronnikova O. M., Sarti v etnicheskoy istorii Sredney Azii (k postanovke problemi) Etnosi i etnicheskie protsessi. Moskva: Vostochnaya literatura, 1993, s.153.

Havolalar tahrir