Kurs ishi — oliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan oʻquv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professional oʻqituvchilar rahbarligida talabalarda toʻplangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish koʻnikmasini yoki mavzuni chuqur oʻrganish maqsadida bajari-ladi. K.ye, odatda, quyi kurslarda referativ (qarang Referat), yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida oʻtkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy oʻquv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil