Kuchar, Kusan, Kuche, Kucha -qad. tarixiy shahar va viloyat (miloddan avvalgi 2mil. 10-asr). Torim vohasida joylashgan. "Kusan" atamasi mil av. 2-asrda yozilgan Xitoy bitiklarida uchraydi. Unga koʻra, ayni zamonda K.da yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlat mavjud boʻlgan (qarang Kuchar davlati.). Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, K.da odam yashayotganiga bir necha ming yillar boʻlgan. Viloyatda joylashgan Chimbogʻ qabristonidagi bir koʻhna qabrdan miloddan avvalgi 1-ming yillikka oid qora va qizil sopol idishlar, temir, mis, yogʻoch va suyaklardan yasalgan buyumlar topilgan. K. aholisining katta bir qismi savdo bilan shugʻullangan. K.liklar sanʼatda, jumladan, uyin va gazalxonlikda mohir boʻlgan. Yozuv ishlari mahalliy va hind yozuvlarida olib borilgan. Manbalarning guvohligiga koʻra, 2—3-ming yil -muqaddam K. atrofida "quyuq va sassiq hidli suyuqlik" oqib turadigan joy boʻlgan. Mahalliy xalq ulardan foydalanishgan. Keyinchalik ushbu buloq boʻlib oqib turadigan sassiq suyuqlik neft ekanligi aniqlangan. Hozir K. viloyati Torim vohasidagi yirik zavonaviy neft ishlab chiqarish maskaniga aylangan. K. shahri atrofida bir necha tarixiy yodgorliklar mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil