Kye Francis Rowles (24-iyun 1998-yilda tugʻilgan) - Avstraliyalik professional futbolchi, hozirda "Heart of Midlothian" jamoasining markaziy himoyachisi hisoblanadi. Rowles professional faoliyatini 2016-yilda Brisben Roarda boshlagan, 2017-yilda Central Coast Marinersga oʻtgan. U Avstraliyani 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida, jumladan 2015-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida, U-23 Tokio Olimpiadasida va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham oʻynagan boʻlib, oʻz jamoasi sharafini yuqori darajada himoya qilgan.

Kye Rowles
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kye Francis Rowles[1]
Tavallud sanasi 24-iyun 1998-yil (1998-06-24) (25 yosh)
Tavallud joyi Kiama, New South Wales, Avstraliya
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Heart of Midlothian
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
QAS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014–2015 FFA CoE 1 (0)
2016–2017 Brisbane Roar NPL 5 (0)
2016–2017 Brisbane Roar 2 (0)
2017–2022 Central Coast Mariners 104 (2)
2018 CCM Academy 2 (0)
2022– Heart of Midlothian 8 (1)
Milliy terma jamoa
2013–2015 Avstraliya U17 15 (0)
2016 Avstraliya U20 4 (0)
2019–2021 Avstraliya U23 5 (0)
2022– Avstraliya 5 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-noyabr uchun)

Klubdagi karyerasi tahrir

Brisben Roar klubi tahrir

2016-yilning may oyida Rowles Brisben Roar klubi bilan oʻzining ilk professional shartnomasini 2 yillik muddat bilan imzoladi[2]. Rowles 2017-yilning 28-fevralida OChLda “Ulsan Hyundai”ga mag‘lub bo‘lgan holda "Brisben Roar"dagi ilk raqobatbardosh faoliyatini boshladi. 

Central Coast Mariners tahrir

Rowles 2017-yil iyun oyida bir yillik shartnoma asosida Central Coast Marinersga o‘tdi. U 2017-yilning 18-noyabrida Adelaida Yunaytedga mag‘lub bo‘lgan oʻyinda jamoadoshi Josh Rose jarohatidan so‘ng, uning oʻrniga maydonga tushdi va Mariners safidagi ilk debyut oʻyinini o‘tkazdi[3].

Rowles 2021-yilgi FFA kubogi finalida dengizchilar safida oʻynagan va ushbu bahsda dengizchilar 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan. Rowles Jeyk Brimmer bilan birgalikda Mark Viduka medali bilan taqdirlandi va magʻlubiyatga uchragan jamoada oʻynab medalni qoʻlga kirita olgan birinchi futbolchi boʻldi. Shu bilan bir qatorda, u Mariners medalini ketma-ket 2 marta qoʻlga kiritgan yagona shaxsdir.

Heart of Midlothian klubi tahrir

2022-yil 9-iyun kuni Rowles noma'lum miqdordagi to‘lov evaziga Shotlandiya Premer-ligasining “Heart of Midlothian” klubiga kelib qo‘shildi va uch yillik shartnomaga qoʻl qoʻydi[4].

Xalqaro karyerasi tahrir

Rowles 2015-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati uchun Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga tanlangan istedodli yoshlardan biri edi[5].

2020-yilning noyabr oyida Rowles Avstraliyaning 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga A-liga jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirildi[6]. 2021-yil iyun oyida Rowles Tokio 2020 Olimpiadasi uchun yana terma jamoaga chaqirildi[7]. U Avstraliya oʻsha davrda Olimpiya jamoasining bir qismiga aylanib ulgurgan edi. Jamoa guruhdagi birinchi oʻyinda Argentinani magʻlub etdi, ammo boshqa oʻyinda gʻalaba qozona olmadi. Shuning uchun ular medallar uchun bahsda ishtirok eta olmadilar[8].

Rowles 2022-yil 1-iyun kuni Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kattalar terma jamoasida debyut qilgan va 2:1 hisobida g‘alaba qozongan[9].

Rowles 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga chaqirildi[10].

Avstraliya
Yil Oʻyinlar Gollar
2022-yil 5 0
Jami 5 0

Yutuqlar tahrir

Avstraliya U20
  • AFF U-19 yoshlar chempionati: 2016-yil[11]
Individual
  • Dengizchilar medali: 2020–2021, 2021-2022[12]
  • Mark Viduka medali: 2021-yil
  • A-League All Star: 2022-yil[13]

Manbalar tahrir

  1. „Squad list - Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020“. FIFA. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  2. Monteverde, Marco. „Brisbane Roar sign teenage defenders at the expense of Steve Lustica and Javier Hervas“. The Courier-Mail (2016-yil 3-may). Qaraldi: 2017-yil 1-iyun.
  3. Taylor, Ellie. „Depleted Mariners fall to Adelaide United“. Central Coast Mariners FC (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 18-noyabr.
  4. „Gorgie Rowles | Heart Of Midlothian Football Club“. www.heartsfc.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 10-iyun.
  5. „Joeys name squad for the FIFA U-17 World Cup“. The World Game (2015-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-iyun.
  6. „Three Mariners head off to Olyroos camp in Sydney“ (en). Central Coast Mariners (2020-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  7. „8 out of 12 ain't bad: which A-League clubs featured Olympic-bound talent in 2020/21“ (en). A-League (2021-yil 29-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  8. „Australian Olympic Team for Tokyo 2021“ (en-US). The Roar. Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  9. „‘Couldn’t have had a better game to play’: Arnold praises Socceroos’ resilience after Jordan fightback“ (en). Socceroos (2022-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  10. „Illawarra duo named in Socceroos World Cup squad“ (en-AU). Illawarra Mercury (2022-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  11. „Roar quartet and Young Socceroos crowned Champions“. Brisbane Roar FC (2016-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  12. „News - Kye Rowles Big Winner At Mariners Medal Dinner“. Central Coast Mariners (2022-yil 3-iyun). Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  13. Harrington, Anna. „ALM young guns get shot against Barcelona“. The Canberra Times (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 20-may.