Laktonlar
Laktonlar — halqasida — COO -guruhi boʻlgan oksikislotalarning ichki siklik murakkab efirlari. Sut va sut mahsulotlari, oʻsimlik muskuslari tarkibiga kiradi. Odatda, suyuqliklar yoki oson suyuqlanadigan qattik moddalardan iborat. Laktonlar — parchalanmay haydaladigan neytral moddalar; suv qoʻshib qaynatilganda oksikislotalarga aylanadi. Ishqorlar eritmasi qoʻshib qizdirilganda oksikislotalarning tuzlarini hosil qiladi, galogenvodorod biriktirib, galogen almashingai kislotalarni, ammiak bilan esa kislotalar amidlarini hosil qiladi. Dori tayyorlashda, organik sintezda va xushboʻy moddalar olishda ishlatiladi. Baʼzi laktonlar (mas, mevalolakton) jarrohlikda qoʻllaniladigan terpenlar biosintezida, biologik inert gidrofil poliuretanlar sintezida boshlangʻich moddalar hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |