Laptevlar dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi.

Koordinatalari 76°16′7″N 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E / 76.26861; 125.63972 G OKoordinatalari: 76°16′7″N 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E / 76.26861; 125.63972 G O
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador oʻlkalar Rossiya
Yuzasi 700,000 km2 (270,000 mi²)
Oʻrtacha chuqurligi 578 m (1,896 ft)
Eng katta chuqurligi 3,385 m (11,106 ft)
Suv hajmi 403,000 km3 (3.27×1011 acre·ft)
Manbalar [1][2][3]

Joylashuvi tahrir

Janubdan Osiyo qirgʻoqlari, gʻarbdan Taymir yarim oroli va Severnaya Zemlya orallari, sharqdan Novosibirsk orallari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan.

Tavsifi tahrir

Maydoni 700,000 km2 (270,000 mi²). Dengizning oʻrtacha chuqurligi 50 m ni, maksimal chuqurligi esa 3385 m ni tashkil etadi. Yirik qoʻltiqlari:

  • Xatanga
  • Olenek
  • Buor-Xaya

Dengizning gʻarbiy qismida orollar koʻp. Dengizga Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolarning suvi quyiladi.

Iqlimi tahrir

Laptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanvardagi oʻrtacha harorat —31°, —34° (minimum harorat —50°), iyulniki 6—7° (maksimum harorat 24°) ni tashkil etadi. Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplangan holda yotadi.

Hayvonot dunyosi tahrir

Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa jonivorlar yashaydi. Asosiy porti — Tiksi porti hisoblanadi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D.Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga shunday deb nomlangan[4]

Manbalar tahrir

  1. Laptev Sea, Great Soviet Encyclopedia (in Russian)
  2. Laptev Sea, Encyclopædia Britannica on-line
  3. A. D. Dobrovolskyi and B. S. Zalogin Seas of USSR. Laptev Sea, Moscow University (1982) (in Russian)
  4. "Laptevlar dengizi" OʻzME. L-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil