Lara Colturi (2006-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — asli italiyada tugʻilgan alban boʻlib, togʻ changʻisi sportchisi hisoblanadi, texnik va tezkor musobaqalarga ixtisoslashgan jahon kubogida ishtirok etadi. U 2022 FIS togʻ changʻisi Janubiy Amerika kubogida gʻolib chiqgan[1][2][3].

Biografiyasi

tahrir
 
Colturi ota-onasi bilan.
 
Colturi 2023-yil yanvar oyida

Lara Colturi sobiq Olimpiya chempioni Daniela Ceccarelli va changʻi boʻyicha murabbiy Alessandro Colturining qizi. U Turin shahrida tugʻilgan va Suza vodiysidagi Cesana Torinese shahrida voyaga yetgan[4][5]. Uning Yuriy ismli bitta ukasi bor.

Colturining onasi 2020-yilda Albaniya changʻi federatsiyasiga maslahat boʻlib ishlay boshlagan va keyingi mavsumda federatsiyaning ayollar jamoasi texnik direktori boʻlgan. 2022-yil may oyida Colturi ASF bilan FIS aʼzoligini olgan va shu tariqa Albaniyani xalqaro maydona himoya qila boshlagan[5][6][7]

2022-yilning 19-noyabrida 2023-yilgi togʻ changʻisi boʻyicha Jahon kubogi saralash musobaqasida Colturi Finlyandiyaning Levi shahrida slalom boʻyicha ishtirok etgan ammo ikkinchi bosqichga oʻta olmagan[8]. Colturi keyingi haftada gigant slalomda 17-oʻrinni egallagan va togʻ changʻisi boʻyicha Jahon kubogida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan[9].

Colturi Janubiy Amerika changʻi kubogida umumiy, slalom, gigant slalom va togʻ slalomi kombinatsiyasida gʻolib chiqgan[2]. U 2022-yil 22-oktabr kuni Avstriyaning Solden shahrida jahon chempionatida debyut qilgan[10][11].

Colturi Avstriyaning Sankt-Anton shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida uchinchi eng yosh oltin medal sohibi boʻlgan[1].

2023-yilning 7-fevralida Lara mashgʻulot paytida oʻng tizzasidagi xoch bogʻlamidan jarohat olgan[12].

U 2023-yil 28-oktabrda Solden gigant slalomda changʻi poygalari boʻyicha Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etish bilan musobaqlarga qaytgan[13].

Jahon chempionati natijalari

tahrir

Mavsum jadvali

tahrir

Top 15

tahrir
Sana Joy Yoʻnalish Ball
17-03-2024  Saalbach Gigant Slalom 11
30-01-2024   Kronplatz Gigant Slalom 12
2024-01-20   Jasna Gigant Slalom 13
16-01-2024  Flachau Slalom 9
07.01.2024  Kranjska Gora Slalom 13
25-11-2023  Killington Gigant Slalom 12

Janubiy Amerika kubogi natijalari

tahrir

Colturi umumiy Janubiy Amerika kubogi va uchta yoʻnalish turnirida gʻolib chiqgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Lara Colturi Profile“. fis-ski.com. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „EUROPA CUP STANDINGS“. fis-ski.com. Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  3. „Conclusa la South American Cup, trionfo finale per Tiziano Gravier che beffa Henrik Von Appen“ (it). neveitalia.it (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  4. „VALSUSA, LARA COLTURI GAREGGERÀ PER L'ALBANIA E NON PER L'ITALIA: LO SCI AZZURRO PERDE UNO DEI SUOI MIGLIORI TALENTI“ (it). it.geosnews.com (2022-yil 26-may). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 „Sci, Daniela Ceccarelli e la figlia Lara che scia per l'Albania e non per l'Italia“ (it). corriere.it (2022-yil 4-iyun). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  6. „Il caso di Lara Colturi: l'Italia perde un talento atteso, la piemontese correrà per l'Albania“ (it). neveitalia.it (2022-yil 26-may). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  7. „Italia e "qan", 16-vjeçarja që la vendin e saj për Shqipërinë arrin rezultat fantastik në garën e skive në Kili“ (Albanian). abcnews.al (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  8. „Sci, slalom di Levi: vince Mikaela Shiffrin. A 16 anni Lara Colturi sfiora la qualificazione alla seconda manche.“ (it). repubblica.it (2022-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  9. „LARA COLTURI, A PUNTI IN COPPA DEL MONDO PIÙ GIOVANE DI SHIFFRIN NEL GIGANTE DI KILLINGTON: "MI SONO DIVERTITA"“ (it). eurosport.it (2022-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  10. „10 Years Ago Today, 16-Year-Old Mikaela Shiffrin Made Her World Cup Debut“. skimag.com (2021-yil 11-mart). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  11. „L'avventura di Lara Colturi in Cile raccontata da Daniela Ceccarelli“ (it). raceskimagazine.it (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-oktyabr.
  12. „Colturi shock, lesione al legamento crociato: niente Mondiale, stagione finita“ (it). gazzetta.it (2023-yil 7-fevral). Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
  13. Spiri. „Nis sezoni i ri i skive, Lara Colturi debuton në sllallomin gjigand të Solden“ (sq). Telesport (2023-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-fevral.