Larisa Borisovna Sycheva (1954-yil 18-martda tugʻilgan) – rus balet raqqosi va oʻqituvchisi, Rossiya xalq artisti (1995), 1978—1994-yillar davomida Krasnoyarsk davlat opera va balet teatrining solisti[1][2].

Larisa Borisovna Sycheva
Tavalludi 1954-yil 18-mart
Kasbi balet raqqosasi, balet oʻqituvchisi
Fuqaroligi SSSR, Rossiya

Biografiyasi

tahrir

Larisa Borisovna 1954-yil 18-martda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi Kuchlyuk stansiyasida tugʻilgan.

1972-yilda Toshkent xoreografiya bilim yurtini tamomlagan. 1972—1974-yillarda Leningrad xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan. 1979-yilda Opera va balet teatrida amaliyotni SSSR xalq artisti Nineli Kurgapkinaning sinfida tamomlagan.

1983-yilda u Bolshoy teatrida SSSR xalq artisti Marina Semyonova sinfida tahsil oldi. 2013-yilda Krasnoyarsk davlat musiqa va teatr akademiyasini tamomladi.

1974-yildan Abay nomidagi Qozogʻiston davlat akademik opera va balet teatri solisti, 1978-yildan Krasnoyarsk davlat opera va balet teatri solisti boʻldi.

Larisa Sycheva 1994-yilda sahnani tark etdi.

Larisa Sycheva dramatik balerina boʻlgan va ijro etgan rolining xarakterini chuqur ochib berishi bilan ajralib turargan. Uning raqslari kichik harakatlarni mohirona bajarilishi va yengil balandlikka sakrashi bilan ajralib turardi.

1979-yildan Larisa Sycheva Krasnoyarsk xoreografiya maktabida oʻqituvchi, 1993—1994-yillarda Krasnoyarsk opera va balet teatri balet truppasining badiiy rahbari boʻlgan.

Sibir davlat sanʼat institutida xoreografiya sanʼati kafedrasi mudiri va professor boʻlgan[3]. Talabalari orasida Rossiyada xizmat koʻrsatgan artistlar Irina Ablitsova, Vera Arbuzova, Natalya Hakimova, Alla Yuximchuk va Tataristonda xizmat koʻrsatgan artistlar Kristina Andreeva, Anna Ol hamda xalqaro tanlovlar laureatlari ham bor.

Larisa Sycheva SSSR boʻylab va Ispaniya, Portugaliya, Yugoslaviya, Norvegiya kabi davlatlarda gastrollarda boʻlgan.

Ishtirok etgan baletlaridagi rollari

tahrir
  • Odette – P.Chaykovskiy „Oqqush koʻli“.
  • Masha – P.Chaykovskiy „Selkunchik“.
  • Aurora – P.Chaykovskiy „Uxlayotgan goʻzal“
  • Nikiya, Gamzatti – L.Minkus „La Bayadère“.
  • Kitri – L.Minkus „Don Kixot“.
  • Jizel, Myrta – A.Adamn „Jizel“.
  • Frigiya, Aegina – A.Xachaturyan „Spartak“.
  • Svanilda, Penelopa – A.Gevorgyan „Odisseyi“.
  • Esmeralda – C.Pugni „Esmeralda“ („Notre Dame sobori“).
  • Juliet – S.Prokofyev „Romeo va Juletta“.
  • Mariya – B.Asafiev „Baxchisaroy favvorasi“.
  • Liza – P.Xertel „Behuda ehtiyotkorlik“.
  • Karmen – R.Shedrin „Karmen Suite“.
  • Iblis – A.Petrov „Dunyoning yaratilishi“.
  • Solist – F.Shopin „Shopiniana“.

Manbalar

tahrir
  1. „О присвоении почетных званий Российской Федерации творческим работникам“ (deadlink). 2018-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-aprel.
  2. Russkiy balet. Ensiklopediya. BRE, „Soglasie“, 1997
  3. „Кафедра хореографического искусства“. 2018-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-avgust.

Havolalar

tahrir