Lat masjidi
Lat masjidi (IAST: Lāṭ Masjid, soʻzma-soʻz „Ustunli masjid“) – Hindistonning Madxya-Pradesh shtatidagi Dhar shahrida joylashgan masjid. Dharning temir ustuni (hind tilida „lāṭ“ deb ataladi) nomi bilan atalgan. U Lat ki masjidi, Ladx masjidi, Lath masjidi yoki Dhar Jome masjidi nomlari bilan ham tanilgan.
Masjid | |
Lat masjidi
| |
Masjid interyeri | |
Mamlakat | Hindiston |
Shahar | Dhar |
Koordinatalar | 22°35′02″N 75°17′53″E / 22.584°N 75.298°E |
Asoschi | Dilovarxon |
Asosiy sana: 1405-yil
| |
Lat masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjid 1405-yilda Malvaning birinchi sultoni Dilavar Xon tomonidan qurilgan. Uning qurilishida hind va Jain ibodatxonalaridagi Spolia bezaklaridan foydalanilgan[1][2][3].
Masjid hozirda parchalanib ketgan temir ustun (hind tilida lat deb ataladi) sabbali shu nomni olgan, bu ustun avvalari masjid majmuasida joylashgan[4].
Arxitekturasi
tahrirMasjidning ichki hovlisi kalonnalarida ustunlar va oldingi ibodatxonalarda koʻp uchraydigan oʻyilgan breketlarini koʻrish mumkin[5]. Bu ustunlarda hindu va jayn uslubidagi oʻymakorlik namunalari aks etgan[1]. Masjidning ikkita darvozasidan biri ham jayn uslubida yasalgan[4]. Masjidning mehroblari va minbarlari musulmonlar tomonidan loyihalashtirilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Balasubramaniam 2002.
- ↑ Balasubramaniam & Kumar 2003.
- ↑ "Studies on ancient Indian OCP Period Copper". Indian Journal of History of Science (National Institute of Sciences of India) 37: 118. 2002. https://insa.nic.in/writereaddata/UpLoadedFiles/IJHS/Vol37_1_1_RBalasubramaniam.pdf.
- ↑ 4,0 4,1 „Lat ki masjid“. Archaeological Survey of India, Bhopal Circle. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
- ↑ „Interior of the Lat Masjid, [Dhar“]. British Library. 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
Adabiyotlar
tahrir- Balasubramaniam, R. (2002). "A new study of the Dhar iron pillar". Indian Journal of History of Science 37: 115–151. http://home.iitk.ac.in/~bala/journalpaper/journal/journalpaper_23.pdf.
- Balasubramaniam, R.; Kumar, A.V. Ramesh (2003). "Corrosion resistance of the Dhar iron pillar". Corrosion Science 45 (11): 2451–2465. doi:10.1016/S0010-938X(03)00074-X. http://home.iitk.ac.in/~bala/journalpaper/journal/journalpaper_34.pdf.