Law Adam (talaffuzi: Lou Adam) (niderlandcha: Lawrence „Law“ Adam) (1908-yil 11-iyun – 1941-yil 15-may) – golland va shveytsariyalik futbolchi, Shveysariya va Niderlandiya terma jamoalarining sobiq oʻyinchisi[2].

Law Adam
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lawrence Adam
Tavallud sanasi 11-iyun 1908-yil
Tavallud joyi Probolinggo,
Vafot sanasi 15-may 1941-yil(1941-05-15)
(32 yoshda)
Vafot joyi Surabaya,
Ampluasi Hujumchi[1]

Futbolchilik faoliyati tahrir

Adam futbolchilik faoliyatini Gollandiyaning HVV klubida boshlagan. Adam HVV klubiga Gaaga shahridagi akademiyadan qoʻshilgan. 19 yoshida Adam oʻqish uchun Syurixga joʻnab ketgan va u yerda „Grasshopper“ jamosida oʻynay boshlagan. 1929-yilda Adam Shveysariya terma jamoasida Avstriya termasiga qarshi oʻyinda terma jamoa safida debyut qilgan. Oradan bir yil oʻtib Gollandiya terma jamoasi Shveysariyaga tashrif buyurgan va Adam oʻzining vatani Gollandiya terma jamoasidan chaqiruv olgan. Uchrashuv 6:3 hisobida Shveysariya foydasiga hal boʻlgan.

Keyinchalik Adam Gollandiya terma jamoasi safida 11 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan. 1932-yilda u Germaniya jamoasiga qarshi Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan va 2:0 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻz jamoasi uchun ikkala golni urishga muvaffaq boʻlgan. 1933-yilning bahorida Adam HVV klubiga qaytgan, ammo yurakdagi muammolari uni bir necha oydan soʻng 24 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur qilgan.

Oʻlimi tahrir

1941-yil 15-mayda Gollandiyaning Sharqiy Hindistonidagi Surabaya shahrida Tor va Anasher jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini chogʻida 32 yoshida vafot etgan. Adam bu bahsda ikkita gol urgan va sheriklariga uchta golli uzatma bergan. Ikkinchi boʻlimning sakkizinchi daqiqasida yuragini ushlab maydonni tark etgan. Oʻsha uchrashuvning bosh hakami Lambek De Scheidsrechter jurnalida Adamning oʻlimi haqida intervyu bergan. Adam maydonni tark etgach, hakam undan hol-ahvol soʻraganida, Adam shunday javob bergan: „Mening yuragim yana nayrang oʻynayapti, lekin yigitlarning ustunligi bor, men dam olaman“.

Oʻyindan keyin kiyinish xonasiga kirganimda, Adam massaj stolida koʻkargan holatda yotardi. Zudlik bilan chaqirilgan jamoa shifokori va kardiolog yurak sohasiga ukol qilib, futbolchini hayotga qaytarishga harakat qilishgan. Yarim soatdan keyin ular futbolchini oʻlimni tasdiqlashgan

.

Manbalar tahrir