Lazanya (italyancha: lasagne) — makaron mahsuloti, kvadrat yoki toʻrtburchaklar shaklidagi yupqa xamir, shuningdek, anʼanaviy ravishda turli hil masalliqlar qatlamlari bilan yupqa xamirdan (aslida xamirni lazanya deb ataladi) tayyorlangan italian taom. Italiyada taom lazanya al forno (italyancha: lasagne al forno) deb ham nomlanadi.

Lasanya

Italyan lazanya
Milliy oshxona Italiya bayrogʻi Italiya
Asl nomi Lasanga

Lazanya uchun eng anʼanaviy masalliqlar deb qiyma goʻshtidan qilingan raguga asoslangan, beshamel sousi quyilgan va parmesan pishloqi bilan sepilgan holda toyyorlanadi. Biroq, mintaqaviy versiyalarda, lazanya tayyorlash uchun pomidor, ismaloq, boshqa sabzavotlar, bolonyez sousi, mozzarella yoki rikotta pishloqlari masalliqlari ishlatiladi. Aslida, ushbu taomni tayyorlash uslublari turlisha boʻlishi mumkin.

Nomning kelib chiqichi

tahrir

"Lazanya" soʻzi dastlab pishirish idishini tasvirlagan. Taom Italiyada paydo boʻlgan deb qisoblanadi, ammo „lasagna “ soʻzining oʻzi yunoncha „lazanya“ („λάσανα“) yoki „λάσανον“ („lasanon“) dan olingan boʻlib, „yonib turgan plitalar“ yoki „koʻzaga qoʻyish“ degan maʼnoni anglatadi. Keyinchalik bu soʻz rimliklar tomonidan „lasanum“ sifatida qabul qilinib „taom pishirish uchun qozon“ degan maʼnoni anglatadi. Keyinchalik italiyaliklar bu soʻzni hozirgi vaqtda lazanya deb nomlanuvchi taom uchun ishlatishgan.

Boshqa bir nazariyaga koʻra, „lasagna “ soʻzi yunoncha λάγανον ("laganon") — xamirdan tayyorlangan tekis qatlamli makaron turidan olingan.

Tarixi

tahrir

Lazanya uchun eng qadimgi maʼlum taom tarkibi Neapolda topilgan ikkita oshpaz kitobida tasvirlangan — Anonimo Meridionale, 1238—1239-yillarda yozilgan va Liber de Coquina (taxminan 1304—1314-yillarda). Keyinchalik, ushbu taom tanilgach, nafaqat Italiyada, balki butun dunyoda mashhur boʻldi. Birinchi lazanya duxovkada dastasi boʻlmagan maxsus tavada pishirilgan, ushbu tavaga bir-necha yupqa xamir qatlamlari oʻrasiga goʻtlu ragu va parmezan pishlogʻi ketma-ket solingan. Liguriyada anʼanaviy lazanyaga rugu bilan birga souslar (masalan, pesto sousi) qoʻshila boshlandi. Baʼzan lazanya xamiri ismaloq pyuresidan tayyorlanib, taomga yorqin yashil rang berilgan.

XVI-asrda Polsha oshxonasi tomonidan lazanya tarkibini takomilashtish natijasida lazanka paydo boʻldi.

Xamir xususiyati

tahrir

Lazanya xamiri makaronlar uchun ishlatiladigan qattiq bugʻdoy navlaridan tayyorlanadigan undan qilinadi.

Xamir qatlamlari ham makaron kabi ishlab chiqariladi va quruq xamir choyshablari sifatida sotiladi.

Madaniyatda

tahrir
  • Xuddi shu nomdagi komikslar seriyasining qahramoni, mushuk Garfild ularning sahifalarida ushbu taomning ishtiyoqli muxlisi sifatida paydo boʻladi.
  • Mashhur bloger PewDiePie „Bitch Lasagna“ deb nomlangan qoʻshiq yozdi.

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir