Li Kan In (2001-yil 19-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi, La Liganing „Mallorca“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Li Kan-in
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Li Kan-in
Tavallud sanasi 19-fevral 2001-yil (2001-02-19) (23 yosh)
Tavallud joyi Incheon, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Mallorca
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009- Incheon United
2011 Flyings FC
2011-2017 Valencia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017-2019 Valencia B 26 (4)
2018-2021 Valencia 44 (2)
2021- Mallorca 37 (2)
Milliy terma jamoa
2017-2019 Janubiy Koreya U20 16 (7)
2021- Janubiy Koreya U23 9 (3)
2019- Janubiy Koreya 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-oktyabr uchun)

Li 2019-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan, xuddi shu yili u FIFA U-20 Jahon chempionatining 2019-yilgi „Oltin to‘p“ sovrinini qo‘lga kiritgan.

Klubdagi faoliyati tahrir

Valensiya B tahrir

Li Valensiya akademiyasiga 2011-yilning iyul oyida qoʻshilgan. 2017-yilning 15-dekabrida u „Valensiya B“ (Mestalya) jamoasiga chaqirilgan. U 2017-yilning 21-dekabrida Deportivo Aragon bilan o‘yinda 82-daqiqada zahiradan maydonga tushib oʻz debyutini o‘tkazgan.

U 2018-yilning 17-fevralida „Llagostera“ga qarshi o‘yinda 76-daqiqada maydonga tushib golga assistentlik qilgan. U oʻzining birinchi golini 2018-yilning 6-mayida Sabadellga qarshi oʻyinda kiritigan.

Valensiya tahrir

2018-19-yilgi mavsum tahrir

U 2018-yil 30-oktabrda jamoadagi debyutini o‘tkazgan, u Qirol kubogida Ebro ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda 83 daqiqa maydonga tushgan va Yevropada professional debyut qilgan eng yosh koreyalik futbolchiga aylangan[1][2].

Li La Ligadagi debyutini 2019-yilning 12-yanvarida o‘tkazgan va 2018/19- yilgi mavsumda „Real Valyadolid“ga qarshi o‘yinda (1:1) 86-daqiqada Denis Cherishev o‘rniga maydonga tushgan. 17 yosh, 10 oy va 24 kunligida Li 16 yosh, 11 oy va 24 kunligida debyut qilgan „Real Sosedad“dan Ander Barrenetxeadan keyin 18-19 La Ligada ikkinchi eng yosh futbolchiga aylangan[3].

2019-yilning 30-yanvarida Li 16-raqamli libosni qabul qilib, „Valensiya“ning asosiy jamoasiga rasman qo‘shilgan[4].

2020-yil 13-sentabrda Li La Liga o‘yinida „Levante“ ustidan jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ikkita golga assistentlik qilgan shu tariqa u 19 yoshu 207 kunlik eng yosh futbolchi bo‘lgan va 2008-yilda Xuan Mataning oldingi rekordini yangilagan[5].

Li 2021-yilning 29-avgustida „Valensiya“ bilan shartnomasini bekor qilgan[6].

Mallorca tahrir

2021-yil 30-avgust kuni La Liganing boshqa bir jamoasi „Mallorca“ Lining erkin agent sifatida jamoaga qoʻshilganligini tasdiqlagan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan[7]. 2021-yil 22-sentyabrda u La Liga doirasidagi „Real Madrid“ga qarshi o‘yinda (6:1) klub uchun birinchi golini kiritgan[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

U-20 Jahon chempionati 2019 tahrir

Li 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 futbol jamoasida oʻynash uchun tanlab olingan va jamoasini turnirda tarixiy ikkinchi oʻringa olib chiqgan. Musobaqa davomida Li ikkita gol va yetti oʻyinda toʻrtta golli uzatmani amlaga oshirgan[9]. Natijada u turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida „Oltin toʻp“ sovrinini qoʻlga kiritgan[10].

Kattalar jamoasi tahrir

Li 2019-yilning mart oyida Boliviya va Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning katta yoshli futbol terma jamoasiga birinchi chaqiruvini olgan va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasidagi eng yosh oʻyinchi boʻlgan. 2019-yilning 5-sentyabr kuni Li milliy terma jamoadagi debyutini Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda o‘tkazgan[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Valencia B 2017-18 Segunda B divizioni 11 1 11 1
2018-19 Segunda B divizioni 15 3 15 3
Jami 26 4 26 4
Valencia 2018-19 La Liga 3 0 6 0 2 0 11 0
2019-20 La Liga 17 2 2 0 5 0 0 0 24 2
2020-21 La Liga 24 0 3 1 27 1
Jami 44 2 11 1 7 0 0 0 62 3
Mallorca 2021-22 La Liga 30 1 4 0 34 1
2022-23 La Liga 7 1 0 0 7 1
Jami 37 2 4 0 41 2
Karyerada jami 107 8 15 1 7 0 0 0 129 9

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Janubiy Koreya 2019 3 0
2020 2 0
2021 1 0
Jami 6 0

Yutuqlari tahrir

Valencia

Janubiy Koreya U20

  • FIFA U-20 Jahon kubogi ikkinchi oʻrin: 2019[13]

Shahsiy yutuqlari

  • FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin toʻpi : 2019[14]
  • Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2019[15]
  • Koreya FA yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2019[16]

Manbalar tahrir

  1. „'Valencia, Spain' debut ... 83 Cup of King Cup“ (es). Telereport.com (2018-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  2. „CD Ebro vs Valencia CF Live“. LaLiga (2018-yil 30-oktyabr). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-noyabr.
  3. „Valencia CF vs R. Valladolid CF Live“ (es). La Liga (2019-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 12-yanvar.
  4. „Comunicado oficial I Kang In“ (es). Valencia (2019-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 30-yanvar.
  5. „Valencia 4–2 Levante“. Goal.com (2020-yil 13-sentyabr).
  6. „OFFICIAL STATEMENT | Kang In Lee“. Valencia CF (2021-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  7. „Kang In Lee Joins RCD Mallorca on a free transfer“. RCD Mallorca (2021-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  8. „Real Madrid vs. Mallorca“ (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-oktyabr.
  9. „[엠스플 축구 지도자들 "이강인 '골든볼' 수상 대단하지만 걱정도 되는 게 사실"“] (ko). MBC SPORTS+ (2019-yil 17-iyun).
  10. „Lee, Lunin headline award winners at Poland 2019“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2019-yil 15-iyun). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „South Korea vs. Georgia - Football Match Summary - September 5, 2019 - ESPN“. ESPN.com (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
  12. „Barcelona 1–2 Valencia“. BBC Sport (2019-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  13. „Spirited comeback earns Ukraine first U-20 title“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2019-yil 15-iyun). 2019-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  14. „Lee, Lunin headline award winners at Poland 2019“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2019-yil 15-iyun). 2019-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. „Lee, Lunin headline award winners at Poland 2019“.
  15. „AFC Youth Player of the Year (Men) 2019: Lee Kang-in“. The-AFC.com. AFC (2019-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
  16. „https://www.kfa.or.kr/layer_popup/popup_live.php?act=news_tv_detail&idx=22183&div_code=news&check_url=bGF5ZXI=&lang=KOR“ (ko). KFA.or.kr. KFA (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.