Leonid Ivashov
Leonid Grigoryevich Ivashov (1943-yil 31-avgust, Qizili-Asker tumani, Frunze viloyati) – Sovet va Rossiya harbiy va jamoat arbobi, isteʼfodagi general-polkovnik.
Leonid Ivashov | |
---|---|
Tavalludi |
Leonid Grigoryevich Ivashov 1943-yil 31-avgust Qizil-Asker tumani, Frunze viloyati |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Kasbi | harbiy va jamoat arbobi, general-polkovnik |
Bolalari | Marina (1986-yilda tug'ilgan) |
Otasi | Grigoriy Semyonovich Ivashov (1910-1989) |
Onasi | Evdokiya Petrovna Ivashova (Yasinskaya) (1916-1989) |
Mukofotlari |
Geosiyosat, konfliktologiya, xalqaro munosabatlar, harbiy tarix boʻyicha mutaxassis. Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti (2015-yildan[1][2][3]). Tarix fanlari doktori (1998), MGIMO va Moskva davlat lingvistik universiteti professori. Rossiya Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi (1996-2001). Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1998[4]).
Hayoti
tahrirLeonid Ivashov dekabrist Vasiliy Ivashevning avlodi[5][4][3][6][7][2]. Frunze viloyatining Qizil-Asker tumanidagi Frunze goʻsht fermasida koʻp farzandli oilada (jami toʻrt farzand, ikki aka-uka va ikki opa-singil edi) tugʻilgan[8][4] (hozirgi kunda Bishkek yaqinidagi Soʻquluk tumani[5], Qirgʻiziston SSR[3]). Amakivachchasining eri A. Matrosov „Sovet jangchisi“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan. U yerga taniqli sovet yozuvchilari Aleksandr Tvardovskiy va Konstantin Simonovlar tashrif buyurishgan. Buning natijasida yosh ofitser Ivashov ham ular bilan muloqot qilish imkoniga ega boʻlgan[3].
Ivashov 1964-yilda Toshkent oliy qoʻshma qoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini, 1974-yilda M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan. 1976-yildan SSSR Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida xizmat qilgan.
1983-yilda Harbiy tarix institutida „Ulugʻ Vatan urushi davrida harbiy-texnik ustunlikka erishish[9]“ mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi.
1992—1996-yillarda MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi kotibi, 1996—2001-yillarda Rossiya Mudofaa vazirligining Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
U 1999-yilda tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun „Rossiyaning geosiyosiy taraqqiyoti evolyutsiyasi: tarixiy tajriba va saboqlar“ (mutaxassislik 07.00.02 – Ichki tarix[10]) mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan.
Ivashov KPSS aʼzosi boʻlgan (30 yildan ortiq). 2011-yilda shunday degan edi: „Men bir soniya ham afsuslanmayman, lekin men hech qachon boshqa siyosiy partiyaga qoʻshilmaganman va qoʻshilmayman[2]“. Yana bir gapida shunday deb eslaydi: „SSSR parchalanganidan keyin men hatto general-polkovnikning navbatdagi harbiy unvonini berishdan bosh tortdim, men sovet general-leytenanti boʻlib qolishni xohlardim…[4]“.
Uzoq yillar davomida Ivashov Butunrossiya ofitserlar assambleyasining raisi boʻlgan. Lekin, 2022-yil 19-mayda „yoshi va sogʻligʻi sababli“ oʻz lavozimini tark etadi[11].
Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 700 dan ortiq maqola va 19 kitob muallifi. Sheʼrlar ham yozgan[12][3].
Uning bir qizi bor boʻlib, u rus-amerika tashkilotida ishlaydi[4].
Mukofotlari
tahrir- III darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni
- Harbiy xizmatlari uchun ordeni
- II va III darajali „SSSR Qurolli Kuchlarida Vatanga qilgan xizmati uchun“ ordenlari
- Milosh Obilich „Jasorat uchun“ oltin medali (Serbiya[13])
- Qirgʻiziston Respublikasi Faxriy yorligʻi (2001, Qirgʻiziston[14])
- Uning Rossiya, SSSR, Yugoslaviya, Suriya va boshqa davlatlarning boshqa davlat mukofotlari bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „Президентом Академии геополитических проблем избран генерал Леонид Ивашов“. Русская народная линия. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Радиорубрика «Без дураков»“. Эхо Москвы, 19.07.2011. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Чуйский потомок декабриста“. Вечерний Бишкек. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Генерал Л. Ивашов: «У Киргизии особого выбора и нет. Только вместе с Россией»“. centrasia.org. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
- ↑ 5,0 5,1 „Истины генерала Ивашова“. Вечерний Бишкек. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ Ivashov Leonid Grigorevich: Dose // biograph.ru
- ↑ „СП-ТВ — Открытая студия“. Свободная Пресса. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Архивированная копия“. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
- ↑ „Биография Л. Г. Ивашова“. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.
- ↑ Ivashov, Leonid Grigorevich. Evolyutsiya geopoliticheskogo razvitiya Rossii: istoricheskiy opit i uroki : avtoref. dis. … d-ra ist. nauk: 07.00.02. – Moskva, 1999. – 83 s.
- ↑ „Информационное Сообщение ООС“. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
- ↑ „Леонид Ивашов вновь посетит Ухту и Крохаль“. Ухтинский государственный технический университет. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Раздел «Новости»“. srbija.ru. Моя Сербия. 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-sentyabr.
- ↑ [Ukaz Prezidenta Kirgizskoy Respubliki ot 12 marta 2001 goda № 91 „O nagrajdenii pochyotnoy gramotoy KR voennoslujaщix Ministerstva oboroni RF“]
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Podrobnaya biografiya na sayte biograph.ru
- Press-portret na Yandekse Arxivnaya kopiya ot 18 marta 2013 na Wayback Machine
- Vse intervyu Leonida Ivashova Arxivnaya kopiya ot 17 aprelya 2021 na Wayback Machine na radiostansii „Exo Moskvi“
- „Dialogi s Parshevim“: televizionnaya peredacha // NS: televizionniy kanal. – 2012. – 29 marta.
- Vse intervyu Leonida Ivashova na radiostansii „Russkaya Slujba Novostey“
- Ivashov, Leonid Grigorevich // Bolshaya russkaya biograficheskaya ensiklopediya (elektronnoe izdanie). – Versiya 3.0. – M.: Biznessoft; IDDK, 2007.
- Brosok na Prishtinu: Mnenie neposredstvennogo uchastnika peregovorov i podgotovki marsh-broska, nachalnika Glavnogo upravleniya mejdunarodnogo voennogo sotrudnichestva Ministerstva oboroni RF v 1996—2001 godax, general-polkovnika, nine prezidenta Akademii geopoliticheskix problem Leonida Ivashova Arxivnaya kopiya ot 3 dekabrya 2011 na Wayback Machine // Sayt Akademii mediaindustrii i kafedri teorii i praktiki obщestvennoy svyaznosti RGGU. – 2009. – 31 marta.
- Shtab L. Ivashova obnarodoval obraщenie „O chrezvichaynoy situatsii v Rossii“ // Sayt Akademii geopoliticheskix problem. – 2011. – 9 dekabrya.
- „Oppozitsiya v Rossii. Komu nujni aksii protesta?“: onlayn-konferensiya Leonida Ivashova Arxivnaya kopiya ot 2 fevralya 2012 na Wayback Machine // IA REX. – 2011. – 20 dekabrya.
- General Ivashov: „Putin ne doljen torgovat suverenitetom“ Arxivnaya kopiya ot 5 dekabrya 2020 na Wayback Machine // Svobodnaya pressa. – 2012. – 3 fevralya.