Leonid Leonov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Leonov Leonid Maksimovich [1899.19(31).5 - Moskva - 1994] - rus yozuvchisi, akademik (1972). Ijodi 1922-yildan boshlangan. "Boʻrsiqlar" (1924) romani L.ning rus maishiy hayoti va meshchanlar ruhiyatini yaxshi bilishini namoyish etgan. L. "Oʻgʻri" (1927, qayta ishlangan nashri 1959), "Sot" (1929) romanlari, "Qishlokdagi voqea", "Oq tun" (1928) kabi qissalarida rus xalqi hayotining murakkab manzaralari, yangi iqtisodiy siyosat davri fojialarini aks ettirgan. "Skutarevskiy" (1932), "Okean sari yoʻl" (1936) va boshqa romanlarida rus ziyolilari — olimlar, sanʼatkorlar, injenerlar takdiri, ular boshiga tushgan fojialar hikoya qilingan. L. 30-yillarda dramaturg sifatida ham ijod etib, mehnat mavzuida "Polovchan bogʻrogʻlari" (1938), "Boʻri" (1938), 40-yilda esa urush mavzusida "Istilo" (1942) pyesalarini yozgan. L. ijodida Ikkinchi jahon urushi manzaralari aks ettirilgan "Rus oʻrmoni" (1953) romani muhim oʻrinni egallaydi. L.ning "Evgenia Ivanovna" (1938, nashr etilishi 1963) qissasida hayot yoʻli xorijda yakunlangan rus ayolining murakkab qismati katta mahorat bilan tasvirlangan. "Oltin arava" (1946, qayta ishlanishi 1955) pyesasi va "Mister Mak-Kinlining qochishi" (1961; shu nomdagi film, 1976) kinoqissasi bor. L. rus mumtoz adabiyoti, ayniqsa, F.M.Dostoyevskiy ijodiga xos vatanparvarlik va ruhiy taxlil anʼanalarini davom ettirgan.[3]
Leonid Leonov | |
---|---|
Tavalludi | 7 (19) may 1899 va 31-may 1899[1] |
Vafoti | 8-avgust 1994[1] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[2] |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya Imperiyasi va Rossiya |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |