Levi Strauss (/ˈlv ˈstrs/ LEE-vy STROWSS ; tugʻilgan Löb Strauß, nemischa: [løːp ˈʃtʁaʊs] ; 1829-yil 26-fevral — 1902-yil 26-sentyabr) — nemis asli amerikalik tadbirkor boʻlib, koʻk jinsi shimlar ishlab chiqaruvchi birinchi kompaniyaga asos solgan. Uning Levi Strauss & Co. (Levi’s) firmasi 1853-yilda Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida oʻz ishini boshlagan[1][2].

Levi Strauss
Tavalludi
Löb Strauß

26-fevral 1829-yil
Vafoti 26-sentyabr 1902-yil(1902-09-26)
(73 yoshda)
San Francisco, California, United States
Fuqaroligi German Confederation (1829-1853)
United States (1853-1902)
Kasbi Businessman
Onasi Rebecca Strauss

Hayotning boshlangʻich davri

tahrir
 
Levi Straussning tugʻilgan joyi

Levi Strauss 1829-yil 26-fevralda Germaniya Konfederatsiyasiga qarashli Bavariya Qirolligining Frankoniya hududida Buttenxaym shahrida ashkenaziy yahudiy oilasida tug‘ilgan[3][4]. U Hirsch Strauss va uning ikkinchi rafiqasi Rebecca Straussning (née Haas) oʻgʻli edi[5][6].

1847-yilda 18 yoshida Strauss onasi va ikki singlisi bilan Nyu-York shahridagi Manxettendagi Liberty koʻchasi 108 uyda joylashgan J. Strauss Brother & Co. nomli quruq mahsulotlar ulgurji savdosini boshlagan akalari Jonas va Lui bilan birga Qoʻshma Shtatlarga sayohat qildi[7][8][9]. Nyu-Yorkka kelganidan soʻng, Strauss akasining doʻkonidagi tovarlar: choynaklar, koʻrpa-toʻshaklar va tikuvchilik buyumlarini sotuvchi boʻlib ishladi[8][9].

Biznesdagi faoliyati

tahrir

Levining singlisi Fanny va uning eri David Stern Missuri shtatining Sent-Luis shahriga koʻchib oʻtishdi, Levi esa Kentukki shtatining Luisvill shahrida yashash uchun borib, u yerda akalarining buyumlarini sotdi[10]. Levi 1853-yilning yanvarida Amerika fuqaroligini oldi[11].

Oila San-Frantsiskoda quruq mahsulotlar biznesining Gʻarbiy qirgʻoq filialini ochishga qaror qildi, bu California Gold Rush savdo markazi edi. Ularning vakili sifatida Levi saylandi va u San-Frantsiskoga paroxod olib, u yerga 1854-yil mart oyining boshlarida yetib keldi va singlisining oilasiga qo‘shildi[12].

Strauss oʻzining ulgurji biznesini Levi Strauss & Co. sifatida ochdi va Nyu-Yorkdagi akalaridan kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak, taroq, hamyon va roʻmol kabi nozik quruq mahsulotlarni import qildi. U Fannyning oʻsib borayotgan oilasi bilan yashab chodirlar va keyinchalik jinsi shimlar yasadi[13]. Jacob W. Davis uning mijozlaridan biri va perchinli jinsi shimlar ixtirochisi edi va 1871-yilda[14] u Strauss bilan koʻk jinsi shimlar ishlab chiqarish uchun biznesga kirishdi. Ikki kishi 1873-yilda yangi uslubdagi ish shimlarini patentladilar.

Oʻlimi haqida

tahrir

Levi Strauss 1902-yil 26-sentyabrda vafot etdi va Kaliforniyaning Kolma shahridagi Tinchlik uyi qabristoniga dafn qilindi. U kompaniyani toʻrt jiyani — singlisi Fanny va uning eri David Sternning oʻgʻillari — Jacob, Zigmund, Louis va Abraham Sternga qoldirdi. Uning mulki taxminan 6 million dollarga teng edi (2021-yilda 155 dollarga teng)[1]. Zigmundning yagona farzandi Elise, Abraham Haasning oʻgʻli Walter A. Haasga turmushga chiqdi, uning avlodlari Levi Strauss & Co.ning hozirgi egalari[15].

Iudaizmning islohot boʻlimining aʼzosi Levi Strauss San-Fransisko shahridagi birinchi yahudiy ibodatxonasi boʻlgan Emanu-El jamoatini tashkil etishga yordam berdi[16]. Shuningdek, u bir nechta xayriya tashkilotlariga, shu jumladan yetimlar uchun maxsus fondlarga pul ajratdi. Levi Strauss jamgʻarmasi 1897-yilda Berkli Kaliforniya universitetiga 28 ta grant uchun mablagʻ ajratgan xayriya bilan boshlandi[17][18].

Levi Strauss muzeyi 1687-yilda Buttenxaymda Strauss tugʻilgan uyda joylashgan. Shuningdek, San-Frantsiskodagi Levi Strauss & Co. shtab-kvartirasida tarixiy eksponatlarni oʻz ichiga olgan tashrif buyuruvchilar markazi mavjud.

1994-yilda u Milliy Kovboy va Gʻarbiy meros muzeyining Buyuk Gʻarbliklar zaliga kiritildi[19].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Downey. „Levi Strauss: a short biography“. Levi Strauss & Co. (2008). 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Downey" defined multiple times with different content
  2. James Sullivan, Jeans: a cultural history of an American icon (Gotham, 2007).
  3. Dinkelspiel, Frances. Towers of Gold: How One Jewish Immigrant Named Isaias Hellman Created California. St. Johns Martin's Press, 2010 — 145-bet. ISBN 978-0-312-35527-2. Qaraldi: 2012-yil 1-may. 
  4. Kellogg, Ann T.. In an Influential Fashion: An Encyclopedia of Nineteenth-and Twentieth-century Fashion Designers and Retailers who Transformed Dress (en). Greenwood Press, 2002. ISBN 978-0-313-31220-5. 
  5. Dietze, Joachim. „Levi Strauss“ (family tree). joachim-dietze.de. Rebecca Haas, July 6, 1799-1869 San Francisco. Source: Levi-Strauss-Museum, Buttenheim. Retrieved March 20, 2019.
  6. "Died". Daily Alta California (San Francisco). January 8, 1869. Via California Digital Newspaper Collection. cdnc.ucr.edu. Retrieved March 20, 2019. „In this city, Jan. 6th, Mrs. Rebecca Strauss, mother of Levi Strauss, of this city, aged 69 years, a native of Bavaria.“
  7. Carey, Charles W.. American inventors, entrepreneurs and business visionaries. Facts on File, 2002 — 331–332-bet. ISBN 978-0-8160-4559-4. Qaraldi: 2012-yil 1-may. 
  8. 8,0 8,1 „Who Made America? | Innovators | Levi Strauss“. www.pbs.org.
  9. 9,0 9,1 „Levi Strauss, From Immigrant Peddler to International Icon“. Village Preservation (2021-yil 26-fevral).
  10. Evans, Harold. They made America. Little Brown, 2004. ISBN 978-0-316-27766-2. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. 
  11. Feldberg, Michael. Blessings of freedom: chapters in American Jewish history. KTAV Publishing, 2002 — 172-bet. ISBN 978-0-88125-755-7. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. 
  12. Leiman, Sondra. America: the Jewish experience. UAHC Press, 1994 — 59-bet. ISBN 978-0-8074-0500-0. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. 
  13. Downe, Lynn. Levi Strauss & Co.. Arcadia Publishers, 2007 — 9-bet. ISBN 978-0-7385-5553-9. Qaraldi: 2012-yil 12-noyabr. 
  14. Loverin, Jan (2006), „A Nevada Stylist: Your Denim Jeans Are a Nevada Invention“ (PDF), Nevada State Museum Newsletter, 36-jild, № 3, 4-bet, April 29, 2013da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: March 12, 2016
  15. „The Philanthropists“. American Jerusalem - Jews and the Making of the American West. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
  16. Eshman. „The nearly forgotten Jews who helped make the American West“ (en-US). www.timesofisrael.com. Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
  17. „Foundations – Levi Strauss & Co“. Levistrauss.com. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  18. Thomas, Grace Powers. Where to educate, 1898–1899. A guide to the best private schools, higher institutions of learning, etc., in the United States. Boston: Brown and Company, 1898 — 10-bet. Qaraldi: 2012-yil 17-avgust. 
  19. „Hall of Great Westerners“. National Cowboy & Western Heritage Museum. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.

Havolalar

tahrir