Leykopeniya
Leykopeniya {leyko... va yun. penia — yetishmaslik) — periferik qonda leykotsitlar sonining kamayishi (1 mm3 qonda 4000 dan kam boʻlishi). Leykotsitlar soni yoki ular shakllarining bir-biriga boʻlgan nisbati oʻzgarishi organizmning umumiy holatiga bogʻliq. Chunki leykotsitlar sonining kamayishi (yoki koʻpayishi) sogʻlom kishilarda ham uchraydi. Mas, issiq vanna qabul qilgan yoki hammomdan chiqqan odamda, sportsmenlarda yoki muntazam ogʻir mehnat bilan shugʻullanuvchi shaxslarda (adashgan nerv tonusi oshib, parasimpatik nervniki pasayganda va boshqa, q. Vegetativ nerv sistemasi) qisqa muddatli L. kuzatiladi. Lekin baʼzi kasalliklar (ich terlama, brutsellyoz, gripp, bezgak)al kon yaratuvchi organlar faoliyatining susayishi natijasida patologik L. roʻy beradi. Amidopirin, butadion, sulfanilamid preparatlar kabi dorilar meʼyori bilan qabul qilinmaganda ham L. kuzatilishi mumkin. L.ga sabab boʻlgan zararli omillar bartaraf etilsa, leykotsitlar soni yana normallashadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |