Lidia Kulikovski
Lidia Kulikovski (1951-yil 8-martda tugʻilgan) — moldovalik kutubxonachi va bibliograf. U Hasdeu shahar kutubxonasi rahbari sifatida Kishinyovda asosan rumin adabiyotiga yoʻnaltirilgan toʻqqizta filial ochib, kutubxona tarmogʻini kengaytirgan.
Lidia Kulikovski | |
---|---|
Kulikovski 2014-yilda | |
Tavalludi |
8-mart 1951-yil |
Fuqaroligi | Moldova |
Taʼlimi | Universitatea de Stat din Moldova |
Kasbi | kutubxonachi, bibliograf |
Taʼlimi
tahrirLidia Kulikovski 1951-yil 8-martda Moldova SSRning Drochiya tumaniga qarashli Nicoreni qishlog'ida tugʻilgan. U 1973-yilda Moldova Davlat universitetining filologiya (kutubxonachilik boʻlimi) fakultetini tamomlagan. Universitetda Lidia professorlar Ion Osadcenco va Anatol Ciobanular qo'lida ta'lim olgan. 2003-yilda „Jamiyatni demokratlashtirish sharoitida kam taʼminlangan aholiga kutubxona xizmati koʻrsatish evolyutsiyasi“ mavzusidagi dissertatsiya bilan „Pedagogika fanlari doktori“ ilmiy darajasini olgan.
Karyerasi
tahrirLidia Kulikovski oʻqishni tamomlagandan soʻng Kishinyov shahar kutubxonasining shoʻba boʻlimiga rahbarlik qilgan. 1978—1982-yillarda u Cahulning markazlashtirilgan kutubxona tizimi rahbari boʻlgan. Kulikovski keyin shahar kutubxonasiga qaytib, 1989-yilgacha uning xaridlar bo'limini boshqargan. U 1989-yilda (1990-yil) Hasdeu shahar kutubxonasi direktori boʻlgan va 2013-yilgacha bu lavozimda ishlagan.
Lidiya Kulikovski bibliografiya boʻyicha bir qator tadqiqot loyihalari muallifidir. U milliy darajada PULMAN va Calimera kabi Yevropa loyihalarini muvofiqlashtirgan. 2000—2004-yillarda Moldova Respublikasi kutubxonachilar uyushmasini boshqargan. Kulikovski 2002-yilda kutubxonachilik jurnali hisoblangan BiblioPolisga asos solgan. Bir muncha vaqt, 1999-yildan boshlab, u kutubxona jurnali boʻlgan Magazin bibliologic bosh muharriri oʻrinbosari lavozimida ishlagan[1].
Kishinyov shahar kutubxonasi vakili sifatida Kulikovski Kongress kutubxonasi, Xitoy Milliy kutubxonasi, Pompidu markazi, Daniya Qirollik kutubxonasi, shuningdek Finlyandiya, Gretsiya, Rossiyadagi munitsipal kutubxonalar kabi bir qator mashhur xalqaro kutubxonalarga tashrif buyurgan.
Kulikovski shuningdek, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar, bibliografiyalar, intervyular, kitob soʻzboshilari va insholar muallifi sanaladi. U Moldova yozuvchilari, rassomlari va olimlari haqida munitsipal kutubxona tomonidan nashr etilgan 25 ta kitobni nashr etgan.
Ilmiy faoliyati bilan bir qatorda Kulikovski Moldova Davlat universiteti jurnalistika fakulteti kutubxonachilik kafedrasi professori boʻlib, u yerda kutubxonachilik, kitob sotsiologiyasi va kutubxona boshqaruvi boʻyicha maʼruzalar oʻqiydi. U kutubxonachilar uyushmasi yuritayotgan kutubxonachilik maktabi oʻquvchilariga xuddi shu kurslarni oʻtkazadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Lidia Kulikovski: "Ne-am asumat angajamentul să facem din bibliotecă o instituție de cercetare"“ (ro). Timpul de dimineață (2012-yil 21-fevral). Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
- ↑ Dodon, Victoria „Lidia Kulikovski, directoarea bibliotecii "B. P. Hasdeu": "Politicienilor le convine să conducă o turmă de ignoranți"“ (ro). adevarul.ro (2013-yil 23-aprel). Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.