Lidiya Alekseyevna Belozorova (ukraincha: Лідія Олексіївна Бєлозьорова; 1945-yil 31-mart, Xerson – 2022-yil 15-fevral, Vinnitsa) – sovet-ukrain teatr va kino aktrisasi, Ukraina xalq artisti (1993).

Lidiya Belozorova
Лідія Бєлозьорова
Tavalludi 31-mart 1945-yil
Vafoti 15-fevral 2022-yil(2022-02-15)
(76 yoshda)
Vinnitsa, Vinnitsa viloyati, Ukraina
Fuqaroligi SSSR va Ukraina
Kasbi aktrisa
Mukofotlari Ukraina xalq artisti
Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist
Malika Olga ordeni, 3-darajali

Biografiyasi tahrir

1945-yil 31-martda Xerson shahrida tugʻilgan. Qizlik familiyasi – Vakula.

1968-yilda I. Karpenko-Kariy nomidagi Kiyev davlat teatr sanʼati institutini tamomlagan. Musiqa va drama teatrining aktrisasi. 1968—1969-yillarda – Rovne viloyati Ukraina drama teatri aktrisasi. 1969—1972-yillarda – Lvovdagi M. Zankovetskiy nomidagi Ukraina drama teatri aktrisasi.

1972-yildan umrining oxirigacha M. Sadovskiy nomidagi Vinnitsa viloyat musiqali drama teatrida aktrisa boʻlgan. Vinnitsa teatri sahnasida 100 dan ortiq rollarni oʻynagan.

2022-yil 15-fevralda 77 yoshida Vinnitsada vafot etgan[1]. Aktrisa bilan vidolashuv 17-fevral kuni Vinnitsa teatri sahnasida boʻlib oʻtgan[2].

Teatrdagi ishlari tahrir

  • Odarka („Zaporojes za Dunayem“)
  • Natalka Poltavka („Natalka Poltavka“)
  • Mariya („Dvenadsataya noch“)
  • Jena Teve („Pominalnaya molitva“)
  • Bayadera („Bayadera“)
  • Mirandolina („Mirandolina“)
  • Xanuma („Xanuma“)
  • Lyubov Fyodorovna („Mazepa“)
  • Bobrenchixa („Marusya Churay“)
  • Pamela („Dorogaya Pamela“)
  • Bernarda Alba („Dom Bernardi Albi“)
  • Mariya Vasilyevna („Dyadya Vanya“)
  • Marselina („Bezumniy den, ili Jenitba Figaro“)
  • Dulskaya („Moral pani Dulskoy“).

Filmlardagi rollari tahrir

  • 1971-yil – VesyoliJabokrichi (rejissyor Viktor Ivanov) – Parasya
  • 1972-yil – Prapovshaya gramota – kazak Vasilining xotini, jodugar, imperatoritsa
  • 1973-yil – Ded levogo kraynego – epizod
  • 1975-yil – Prostie zaboti (rejissyor Isaak Shmaruk) – Taisiya
  • 2005-yil – Vozvrasheniye Muxtora-2 / Sobaka.gi | 9-qism – Igorning qoʻshnisi
  • 2007-yil – Vozvrasheniye Muxtora-2, 4-mavsum / Kino yulduzi | 3-qism – Anastasiya Sergeyevna

Mukofotlari tahrir

  • III darajali malika Olga ordeni (?).
  • Ukraina xalq artisti (1993).
  • Ukraina SSR xizmat koʻrsatgan artist (?).
  • Nikolay Zarudniy mukofoti (2001).

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir