Vinnitsa (ukraincha: Ві́нниця) — Ukrainadagi shahar, Vinnitsa viloyatining markazi. Janubiy Bug daryosi boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Ahrlisi 381 ming kishi (1999). Shahar birinchi marta 1363-yildan tilga olingan. Ukrainaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan. Vinnitsada oziq-ovqat (yogʻ-moy, meva konserva va goʻsht), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj, attorlik fabrikalari va b.), kimyo (kimyo kombinati), mashinasozlik (shu jumladan traktor agregatlari, asbobsozlik, elektrotexnika, radiotexnika apparaturalari, podshipnik zavodlari) va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, 3 muzey, musiqali drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri va filarmoniya ishlab turibdi. 1793-yildan Rossiya imperiyasi qoʻl ostida boʻlib kelgan. Iyezuit (17-asr), dominikan (18-asr) va kaputsin (18-asr) ibodatxonalari, Yurev (18-asr) va Nikolayev (18-asr) yogʻoch cherkovlari saqlangan.

Vinnitsa

ukraincha: Ві́нниця
Shahar
Skyline of Vinnitsa
Vinnitsa
Bayroq
Vinnitsa
Gerb
49°14′14″N 28°28′2″E / 49.23722°N 28.46722°E / 49.23722; 28.46722 G OKoordinatalari: 49°14′14″N 28°28′2″E / 49.23722°N 28.46722°E / 49.23722; 28.46722 G O
Mamlakat Ukraina
viloyat Vinnitsa viloyati
Asos solingan 1363
Aholisi
 (2022)
369 739
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi +380 432
Pochta indeks(lar)i 21000
Vinnitsa xaritada
Vinnitsa
Vinnitsa

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil