Lochin (Falco peregrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan ortiq kenja turi maʼlum. Modasi yirik, gavdasining uz. 49 sm gacha, qanotlari yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha. Nari modasidan ancha kichik. Keng tarqalgan, Oʻrta Osiyoda sahro L.i va tundra L.i uchraydi. Sahro L.i oʻtroq yashaydi; tundra L. faqat qishlash uchun uchib keladi. Monogam. Uyasini togʻli va jarlik joylarga quradi. Apr.—mayda 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Bolalari mustaqil uchadigan boʻlguncha ota-onasining qaramogʻida boʻladi. Qushlar va boshqa bilan oziqlanadi. Sahro L. i va tundra L. i qushlarni ovlashga oʻrgatiladi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil