Lola sayliadir va dalalarda lola ochilgan chogʻda oʻtkaziladigan sayil. Baʼzi joylarda Lola sayli guli surx deb ham nomlanadi. Lola sayli oʻzbek xalqining qadimiy udumlaridan biri boʻlgan. Lola sayli Navroʻz bayramidan keyin (aprelning oxiri — mayning boshlari) lola va lolaqizgʻaldoq ochilgan vaqtlarda oʻtkaziladi. Sayil bir necha kun davom etgan. Zarafshon va Fargʻona vohasida oʻziga xos bayram sifatida nishonlangan. Odatda, Lola saylini xalq tomonidan saylangan "lolachilar" boshqarganlar. "Lolachilar" oʻz doʻstlari bilan Lola saylining qachon va qayerda oʻtkazilishini aniqlab, xalqqa xabar bergan. Sayil oʻtkazilishidan oldin "lolachi" maxsus daraxt yoki daraxtning chiroyli shoxidan kesib olib, lolalar bilan bezagan. Keyin uni qishloq koʻchalaridan olib oʻtgan. Buni koʻrgan odamlar koʻchaga chiqib, koʻngliga tugib qoʻygan niyatlarini aytib, daraxtlar shoxiga turli mato parchalari, roʻmolchalar bogʻlashgan. Soʻng "lolachilar"ga ergashib, oʻyin-kulgi qilib, lolazor tomon yoʻl olishgan. Belgilangan joyga kelishganidan soʻng "Gul daraxti" markazga oʻrnatilgan va oqsoqollar duosi bilan bayram boshlangan.

Bayramning 2-kuni muqaddas mozor va qabristonlar ziyorat qilingan. Bunda erkaklar va ayollar alohida-alohida ziyoratgohlarga borganlar.

Lola sayli hozirgi oldingi ramziy maʼnosini maʼlum darajada yoʻqotib, oʻyin-kulgi, sayil koʻrinishida saqlanib qolgan.

Boshqa mamlakatlarda lolalar sayli

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdurraxman-i Tali’, Istoriya Abulfeyzxana, T., 1959;
  • Sokolov Yu.A., Tashkent, tashkentsi i Rossiya, T., 1965.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Adhamjon Ashirov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil