Park Solomon (koreyscha: 박솔로몬; 1999-yil 11-noyabrda tug‘ilgan), shuningdek, Lomon (koreyscha: 로몬) taxallusi bilan ham tanilgan asli Oʻzbekistonda tugʻilgan, hozirgi kunda Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi aktyor. 2014-yilda Lomon Sweet Revenge (2017) filmida debyut qilgan va All of Us Are Dead (2022) filmlaridagi bosh roli bilan tanilgan.

Lomon
Tavalludi
Park Solomon

11-noyabr 1999-yil (1999-11-11) (24 yosh)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • Aktyor
  • model
Faoliyat yillari 2014-yildan hozirgacha

Yoshligi va taʼlimi tahrir

Lomon 1999-yil 11-noyabrda O‘zbekistonda tugʻilgan. Ota-onasi Koryo-saram millatiga mansub[1][2][3][4]. Bolaligida Lomon oilasi bilan Rossiyada yashab, keyinchalik Janubiy Koreyaga ko‘chib o‘tgan[4]. Janubiy Koreyada boshlangʻich maktabni tugatgan Lomon Seulning Gangnam tumanida joylashgan Apgujeong oʻrta maktabini tamomlagan[5].

Intervyuda ismi haqida soʻrashganida shunday javob bergan: „Men hech qaysi dinga e'tiqod qilmayman. Eshitishimcha, otam Bibliyani oʻqgach, mening ilmli va zukko boʻlishimni xohlab, shu ismni qoʻygan“[6].

Faoliyati tahrir

Lomon oʻzining debyutini 2014-yilda ikkita — Bride of the Century va 4 Legendary Witches dramatik seriallarida boshlagan. Keyingi yillarda bir nechta boshqa rollarda ko‘rinish berganidan soʻng Lomon 2017-yilda Sweet Revenge filmidagi bosh roli bilan tomoshabinlarning eʼtiborini qozongan.

2019-yilda Lomon filmdagi rol uchun mandarin tilini oʻrganib, Lookism xitoy dramasida qahramonni gavdalantiradi.

Lomon ikki yildan soʻng, 2022-yilda Netflixning zombi mavzusidagi All of Us are Dead seriallarida Li Su-hyeok rolini ijro etish bilan ekranga qaytdi. Serialning xalqaro muvaffaqiyatidan so‘ng Lomon bir haftadan kamroq vaqt ichida Instagram ilovasida 2 million obunachiga ega bo‘ldi[7]. Oʻsha yili Park Disney+ telekanalida efirga uzatiluvchi Third Person Revenge serialidagi Shin Ye-eunga bilan birga bosh qahramon rolida suratga tushgan[8]. Film noyabr oyida efirga uzatiladi[9].

2022-yil 19-yanvarda Lomon "Big Smile Entertainment" kompaniyasi bilan eksklyuziv shartnoma imzoladi[10].

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Nomi Rol Mnb.
2015 The Empty Home Yoon Chan [11]
Earth to the Galaxy Ji-gu [12]
2016 Horror Stories 3 PZ3000

Teleserial tahrir

Yil Nomi Rol Mnb.
2014 Bride of the Century Choi Kang-joo (yoshligi)
4 Legendary Witches Ma Do-hyun (yoshligi)
2015 The Doctors Hong Ji-hong (oʻsmirligi) [13]
2016 Shopping King Louie [14]
2017 The Guardians Yoon Si-wan [15]

Veb-seriallar tahrir

Yil Nomi Rol Notes Mnb.
2017 Sweet Revenge Shin Ji-hoon [16]
2019 Lookism "Handsome" Tuo Wen Shuai/Kris Xitoy tilidagi seriallar
2022-present All of Us Are Dead Lee Su-hyeok 1-mavsumdan hozirgacha [17][18]
2022 Third Person Revenge Ji Soo-heon

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Taqdirlash marosimi Yil Turkum Nomzod Ishi Natija Mnb.
MBC Drama Awards 2017 Eng yaxshi yosh aktyor/aktrisa The Guardians Nominatsiya [19]

Manbalar tahrir

  1. „로몬“ (ko). Naver. 2022-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.
  2. Jang Ah-reum. „로몬 "우즈벡 출신, 현재 국적 대한민국…롤모델은 이병헌" [N인터뷰③“] (ko). News1 (2022-yil 10-fevral). 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  3. „[SBS Star 'All of Us Are Dead' Lomon Opens Up About His Ethnic Background“]. SBS News (2022-yil 10-fevral). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  4. 4,0 4,1 Park, Seung-hyun. „제2의 송강 되나? SNS 팔로워 '떡상' 중인 '지금 우리 학교는' 로몬 [스타@스타일“] (ko). News Nate (2022-yil 5-fevral). 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  5. „Meet Park Solomon, breakout star of zombie K-drama All of Us Are Dead“ (en). South China Morning Post (2022-yil 28-yanvar). 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  6. Lee, Min-ji. „‘지우학’ 로몬 “우즈베키스탄에서 태어난 고려인 후손, 한국사람”[EN:인터뷰③“] (ko). Newsen (2022-yil 10-fevral). 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-fevral.
  7. Napoles, Jimboy. „'All Of Us Are Dead' lead stars gain huge following on Instagram“ (en). GMA Network (2022-yil 2-fevral). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  8. Kim, Ji-young. „[단독 '신예' 로몬, '3인칭 복수' 주연 발탁…신예은과 호흡“] (ko). JoyNews24 (2022-yil 3-yanvar). 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  9. Choi. „로몬, 디즈니+ ‘3인칭 복수’로 하이틴 복수극 쓴다“ (ko). Sports World (2022-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
  10. Na, Hye-in. „'지금 우리 학교는' 로몬, 신생 기획사 빅스마일 엔터行“ (ko). NEWSCULTURE (2022-yil 19-yanvar). 2022-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  11. „아무도 살지 않는 집 The Empty Home, 2015“ (ko). Movie Daum. 2022-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  12. Lee, Mi-young. „신예 박솔로몬, 김래원 아역 발탁…'닥터스' 초반 이끈다“ (ko). JoyNews24 (2016-yil 6-may). 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
  13. Cho, Yoo-kyung. „'닥터스' 김래원 아역, 박솔로몬 강한 존재감 남겨“. Dong-a Ilbo (2016-yil 20-iyul). 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  14. Lee. „김유정·김소현에 박솔로몬까지…"10대 마침표, 20대를 기대해"“ (ko). Sports Today (2018-yil 12-yanvar). 2022-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  15. Lee, Joo-hee. „[Hi #파수꾼박솔로몬, 첫 드라마 맞아? '주연급 존재감'“] (ko). Hankook Ilbo (2017-yil 11-iyul). 2022-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  16. Byun, Sung-hyun. „'복수노트' 많이 사랑해 주세요~“ (ko). Hankyung News. 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-oktyabr.
  17. Jung, Ha-eun. „'지금 우리 학교는' 윤찬영X박지후X조이현X로몬X유인수 캐스팅 확정[공식“] (ko). Sports Chosun (2020-yil 1-iyul). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  18. Kim. „넷플릭스 '지금 우리 학교는', 시즌2 제작 확정 [공식“] (ko). E-daily (2022-yil 7-iyun). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  19. Kim, Ye-eun. „[MBC 연기대상'역적' 이로운 아역상 "하늘나라 간 강아지랑 약속했는데"“] (ko). Newsen (2017-yil 30-dekabr). 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-fevral.

Havolalar tahrir