Lorraine McNamara (talaffuzi: Lorreyn Maknamara; 1999-yil 18-fevralda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Quinn Carpenter bilan birga 2018-yilgi Xelsinkida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasining bronza medali sovrindori, Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarining uch karra kumush medali sohibi va 2019-yilgi AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori boʻlgan. Juftlik oʻz faoliyatining boshida 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempioni boʻlgan.

Lorraine McNamara
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 18-fevral 1999-yil (1999-02-18) (25 yosh)
Washington
Boʻyi 1.68 m (5 ft 6 in)
Sherigi Anton Spiridonov
Oldingi sheriklari Quinn Carpenter
Jamoasi Peninsula SC
Oldingi jamoalari Washington FSC
Uchishni boshlagan 2001
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 179.03
2022 CS U. S. Classic
Qisqa raqs 73.17
Erkin raqs 105.86

Faoliyati tahrir

McNamara 2005-yilda Quinn Carpenter bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan. Juftlik 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].

2012 — 2013-yilgi mavsum tahrir

McNamara / Carpenter juftligi oʻsmirlar toifasidagi xalqaro musobaqalar uchun mos tushgan. 2012-yil avgust oyida ular Fransiyaning Kurchevel shahrida oʻtkazilgan oʻzlarining ilk Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) musobaqasida oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik keyingi oyda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan ikkinchi JGP bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, MakNamara / Carpenter juftligi Milanda boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tayinlangan[2].

2013 — 2014-yilgi mavsum tahrir

McNamara / Carpenter 2013 — 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida birinchi xalqaro medallarini qoʻlga kiritgan (Riga (Latviya)da kumush, Minskda (Belarus) oltin medal)[3]. Ushbu natijala juftlikka Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtadigan finalga yoʻllanmani bergan va ular finalda ishtriok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2014-yilda AQSh chempionatida ishtirok etib, o‘smirlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritgan va 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqsda uchinchi, erkin raqsda beshinchi o‘rinni egallagan holda umumiy natija bilan chempionatda to‘rtinchi o‘rindan joy olgan[4].

Dasturlari tahrir

Carpenter bilan tahrir

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2019 — 2020

  • Anime Contro Vendo

    Medialuna Tango Project

2018 — 2019

  • Waltz: Desde el Alma

    Orquesta Color Tango de Roberto Alvarez
  • Tango: Quejumbroso

    Orquesta Clor Tango de Roberto Alvarez
  • Porz Goret

    Yann Tiersen
  • Mirror — Modern Piano

    Piano
  • Penn Ar Roc’h

    Yann Tiersen
2017 — 2018

  • Anime Contro Vendo

    Medialuna Tango Project

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Carpenter bilan tahrir

Xalqaro
Musobaqa 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20
GP Cup of China 5
GP Finlandiya 3
GP Fransiya WD
GP NHK Trophy 9
GP Skate America 4
CS Alpen Trophy 2
CS Autumn Classic 5
CS Finlandia Trophy 8
CS Golden Spin 4
CS Ondrej Nepela 2 3
CS Warsaw Cup 2
Lake Placid IDI 1 1 3
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 9 4 2 1 7
JGP Final 3 1 3
JGP Belarusiya 1
Toruń Cup 1 J
Milliy
AQSh chempionati 3 J 2 J 1 J 1 J 3 J 6 4 6
Eastern Sect. 1 J 1 J
WD = musobaqani tark etgan

Daraja: J = oʻsmirlar

Manbalar tahrir

  1. „2020 Skate America“. International Figure Skating (2020-yil 20-oktyabr). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  2. McNamara, Lorraine „Anton Spiridonov and I are excited to announce the beginning of our partnership!“ (2020-yil 3-iyul). 2021-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „2021 Toyota U.S. Figure Skating Championships“. U.S. Figure Skating.
  4. Slater, Paula. „Hubbell and Donohue defend Skate America title for third consecutive win“. Golden Skate (2020-yil 26-oktyabr).