Loving Pablo — 2017-yilda Fernando León de Aranoa tomonidan suratga olingan biografik film. Film Virginia Vallejo qalamiga mansub „Loving Pablo, Hating Escobar“ (2007) avtobiografik romanining adaptatsiyasi boʻlib, kolumbiyalik narkobaron Pablo Escobar haqida hikoya qiladi. Bosh rollarda: Javier Bardem va Penélope Cruz.

Loving Pablo

Film posteri
Rejissyor(lar) Fernando León de Aranoa
Prodyuser(lar)
  • Dean Nichols
  • Javier Bardem
  • Miguel Menendez de Zubillaga
  • Kalina Kottas
  • Michael Zimbalist
Ssenariynavis(lar)
  • Fernando León de Aranoa
  • Michael Zimbalist
Qaysi asarga
asoslangan
Loving Pablo, Hating Escobar
–Virginia Vallejo[1]
Rollarda
Bastakor(lar) Federico Jusid
Kinematografiya Alex Catalan
Muharrir(lar) Nacho Ruiz Capillas
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 125 daqiqa
Mamlakat Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Til inglizcha
Byudjeti €14,6 million[2]
Daromadi $17,5 million[3]

Film birinchi marta 2017-yilda 74-Venetsiya kinofestivalida namoyish etilgan. Xuddi shu yili u Toronto xalqaro kinofestivalida ham taqdim etilgan.

Syujeti

tahrir

Filmda Pablo Escobarning 1982-yildan 1993-yilda politsiya hibsxonasida vafot etguniga qadar boʻlgan hayoti, giyohvandlik imperiyasining yuksalishi va qulashi haqida hikoya qilinadi.

1982-yilda narkobaron qarorgohdagi uchrashuv chogʻida mashhur jurnalist Virjiniya Valexo bilan uchrashadi va uni oʻzining biografi boʻlishga taklif qiladi. Ular orasida romantik munosabatlar boshlanadi. Eskobarning rafiqasi Mariya Viktoriya xiyonat haqida taxmin qiladi, lekin erining shafqatsiz feʼl-atvorini bilib, chidashga majbur boʻladi. 1980-yillarning boshidan beri Eskobar hokimiyatga intiladi va Kolumbiya Kongressiga kiradi. Katta siyosatda u jinoiy muhitda qoʻllangan usullarga: tahdidlar va muammolarni kuch bilan hal qilishda davom etadi. Adliya vaziri Rodrigo Lara Bonillaning kokainga qarshi kampaniyasi boshlanganidan keyin kongressmen Eskobarning faoliyati tugadi. 1984-yilda Eskobar Rodrigo Lara Bonilla va boshqa bir qancha siyosatchilarga suiqasd uyushtirdi. 1987-yilda Valyexo va Eskobar oʻrtasidagi munosabatlar tugaydi. Ayni paytda, FBI Virjiniyaning oldiga boradi va informator boʻlishni taklif qiladi. Virjiniya dastlab rad etadi. Asta-sekin Eskobar qonundan tashqari odamga aylanadi. 1989-yilda u adolat bilan shartnoma tuzishga harakat qiladi. Shu bilan birga, 1989-yilda mamlakatni terror toʻlqini qamrab oldi, bir nechta siyosiy arboblar, sudyalar, harbiylar halok boʻldi. Bogotadagi Boeing portlashidan keyin Eskobar uchun haqiqiy ov boshlanadi. 1991-yilda u hokimiyatga taslim boʻlib, La Catedral maxsus qamoqxonasiga oʻtadi. Unda nafis qasr, jakuzi, bogʻ qurilgan. Fohishalarni dam olishga taklif qilishdi. Biroq mahbusning harakat erkinligi cheklangan edi. Narkobaronning barcha yaqin odamlari taʼqib qilinadi. Virjiniya oʻz mamlakatida ish topa olmay, begona odamga aylanadi. Jurnalist moʻjizaviy tarzda oʻz hayotiga suiqasddan omon qoladi. U La Catedral qamoqxonasidagi Eskobarni oldiga keladi va himoya qilishni soʻraydi. Biroq, Eskobar rad etadi. Bu safar Virjiniyaning oʻzi FQB bilan bogʻlanib, hamkorlik qilishga tayyorligini bildiradi. Qamoqxonadan Eskobar oʻzining giyohvandlik kartelini oʻzi koʻrganidek boshqarishda davom etadi. 1992-yilda narkokartel boshligʻiga boʻysunmagan ikki „leytenantni“ qiynoqqa solgan va qatl qilinganidan soʻng, rasmiylar Pabloni oddiy qamoqxonaga oʻtkazish haqida buyruq beradi. Maxsus kuchlar qamoqxonaga yetib kelganda, narkobaron oʻz yordamchilari bilan birga ketib boʻlgan edi. 1993-yilda Kolumbiya hukumati Medellin karteli rahbarining iziga tushdi. Narkobaronning oilasi mamlakatni tark etish imkoniyatidan mahrum etiladi. Eskobar yashirin kvartirada boʻlib, xotini va bolalariga qoʻngʻiroq qiladi. Qoʻngʻiroqni kuzatib, uning oldiga maxsus kuchlar keladi. Pablo Escobar qochishga urinayotganda otib oʻldirilgan.[4]

Rollarda

tahrir

Suratga olish guruhi

tahrir
  • Kino rejessiyor — Fernando leon de Aranoa
  • Senarist — Fernando leon de Aranoa
  • Kino pradyusser — Haviyer bardem, Ed Katxel |||, Kalina Kottas, Migel Menendes de Zubillaga, Din Nikols
  • Ijrochi prodyuserlar — Andres Kalderon, Krista Kembel, Lati Grobman, Avi Lerner
  • Bastakor — Federiko Xusid
  • Operator — Aleks Katalan
  • Kastingchi — Huan Pablo Rinkon
  • Rassom — Alen Beyn
  • Art-direktor — Inogo Navarro
  • Liboslar boʻyicha rassom — Lole Garsiya Galeyn, Vanda Morales[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Book: Loving Pablo, Hating Escobar“. 2008-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2017-yil.
  2. Loving Pablo (2017)“. IMDb. IMDb. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.
  3. Loving Pablo (2017)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
  4. „Escobar“. Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.

Havolalar

tahrir