Lu Syanshan (xitoycha 陆象山, pinyin Lu Xiangshan) yoki Lu Tzyuyuan (xitoycha 陸九淵, pinyin Lu Jiuyuan) (1139-1192) — Song davridagi xitoylik faylasuf, neokonfutsiylik „Yurak maktabi“ asoschisi edi.

Lu Syanshan
Tavalludi
Lu Tzyuyuan

26-mart 1139
Song imperiyasining Fuchjou viloyatidagi Tzinsi uyezdi
Vafoti 11-yanvar 1193-yil(1193-01-11)
(53 yoshda)[1]
Fuqaroligi Sun imperiyasi
Otasi Lu He

Uning taʼlimotlari ikkita eng mashhur aforizmlarida kontseptuallashtirilgan: „Koinot mening yuragim (ongim, 心), mening yuragim — olam“ va „Yurak va universal printsip (Li 理) bir“

Bu hikmatli soʻzlar, bir tomondan, Lu taʼlimoti va buddizm, ikkinchi tomondan, Chju Si falsafiy „prinsip maktabi“ o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradi (Lu Chju Sining do‘sti va muxolifi edi). Mafkuraviy oʻxshashlikka qaramay, uning buddizmga munosabati salbiy edi: Lu buni „xudbinlik taʼlimoti“ deb atadi va uni konfutsiy etikasiga qarama-qarshi qoʻyar edi.

Lu Syanshanning „Yurak maktabi“ Van Yangmin (1472-1529) taʼlimotida yanada rivojlantirish orqali Chju Si nazariyasiga muxolifat sifatida oʻzini namoyon qildi.

Tarjimai hol

tahrir

U ziyoli oiladan chiqqan, 2-yoshida onasidan ayrilgan va 23-yoshida boshlang‘ich ilmiy darajani, keyinchalik to‘liq ilmiy darajani olgan. U Chju Si bilan doʻst edi, lekin uning nuqtai nazarini baham koʻrmadi.

Xu Angoning vatanparvarlik daʼvati taʼsirida 16-yoshli Lu vahshiylarga qarshi jang qilish uchun askar sifatida qatnashdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Lu Tszyu-yuan / Kobzev A. I. // Xitoyning maʼnaviy madaniyati: ensiklopediya: 5 jildda / Bosh muharrir M. L. Titarenko; Uzoq Sharq instituti. — Moskva: Sharq adabiyoti, 2006-yil. — 1-jild. Falsafa / muharrir M. L. Titarenko, A. I. Kobzev, A. E. Lukyanov. — 318-319 b. — 727 b.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Lu Jiuyuan“ (inglizcha). Britannica. Edinburgh: Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 10-dekabr 2022-yil.