Luca 2021-yilda katta ekranlarga chiqarilgan kompyuter-animatsion filmdir. Rejissor — Enrico Casarosa. Filmda bosh qahramonlarga  Jacob Tremblay and Jack Dylan Grazer, with Emma Berman, Saverio Raimondo, Marco Barricelli, Maya Rudolph, Jim Gaffigan, Peter Sohn, Lorenzo Crisci, Marina Massironi, and Sandy Martin ovoz bergan. Pixar Animation Studios studiyasi tomonidan ishlangan va Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan.

Luca
Rejissor Enrico Casarosa
Produser Andrea Warren
Rollarda
Bastakor Dan Romer
Kinematografiya
  • David Juan Bianchi
  • Kim White
Muharrir
  • Catherine Apple
  • Jason Hudak
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Distributor Walt Disney Studios Motion Pictures
Reliz sanasi
  • 18-iyun, 2021-yil(2021-06-18)

(AQSh)

Davomiyligi 95 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Daromad $49.8 million[1][2]

Film 2021-yil 18-iyunda kinoteatrlarga chiqarildi. Kinotanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan xush qarshilandi.

MazmuniTahrirlash

Film voqealari 1950-yillar oxirida Italiyaning Riviera sohilida joylashgan Portorosso shaharchasida boʻlib oʻtadi. Qoʻrqoq dengiz maxluqi boʻlgan Luca Paguroning har kunlik vazifasi baliqlarni boqishdan iborat edi. Ota-onasi unga insonlar tomonidan ovlanish xavfi bilan dengiz yuzasiga chiqishni man etishgan edi. Kunlarning birida, Luca oʻzi kabi dengiz maxluqi boʻlgan Alberto Scorfano bilan uchrashadi. Alberto quruqlikda joylashgan tashlandiq minorada yolgʻiz yashar edi. Albertoning ummondan quruqlikka chiqishga undashi ortidan Luca ilk bor quruqlikka chiqadi va maʼlum boʻladiki, dengiz maxluqlari quruqlikka chiqishsa, ular insonga aylanishadi. Luca va Alberto doʻstlarga aylanishadi hamda oʻzlarining shaxsiy Vespasiga ega boʻlishni va u bilan butundunyoni kezishni xayol qilishadi.


Lucaning quruqlikka chiqqanidan xabar topgan ota-onasi uni amakasi bilan ummon tubida yashashga joʻnatishga qaror qilishadi. Buni xohlamagan Luca Alberto bilan Portorosso shaharchasiga qochib ketadi. Shaharchada ikkovlon mahalliy bezori va besh karra Portorosso kubogi chempioni boʻlgan Ercole Viscontiga tegishli mopetga tasodifan zarar yetkazib qoʻyishadi (Portorosso kubogi — suzish, pasta tanavvul qilish va velosipedda yurishni oʻz ichiga olgan bolalar triatloni). Bundan dargʻazab boʻlgan Ercole Lucani fontanga boʻktirmoqchi boʻlganida, uni Giulia Marcovaldo ismli yosh qiz toʻxtatib qoladi. Vespa uchun lozim boʻlgan miqdordagi pulni yutib olish umidida, ikkovlon Giulia bilan jamoa tuzib, kubog uchun bellashishni maqsad qilishadi.

Giulia ularni uyida qolishga taklif qiladi. Dengiz maxluqlaridan gʻazablanadigan baliqchi otasi Massimo bilan tanishtiradi. Bu orada Lukaning ota-onasi oʻg'lini topish uchun shaharga kirib boradi.  Giulia  va Luca oʻqishga boʻlgan muhabbatlari tufayli Albertoning ulardan jaxli chiqadi. Luca maktabga borish qiziqish haqida bildirganda, Alberto buni oldini olish uchun Giuliaga oʻzining dengiz maxluqi ekanini qasddan ochib beradi. Taslim boʻlishni istamagan Luca, Giulia bilan qolishi Albertoni hayratda qoldirdi va shu damda  Ercolning toʻdasi paydo boʻladi hamda Albertoni ovlashga harakat qilishadi u esa qochib ketadi. Qalbi singan Alberto hamma narsani yashiringan joyidan olib tashlaydi. Koʻp oʻtmay, Giulia Lucaning ham dengiz maxluqi ekanligini bilib, uni xavfsiz joyga joʻnatadi.

Luca  Albertoninng otasi uni uzoq vaqt oldin tashlab ketganini bilganidan soʻng u Alberto bilan yarashishga harakat qiladi. Luca doʻstligini tiklash uchun kubogni yutib olishga soʻz beradi. Kubogda Luca va Giulia alohida jamoa sifatida bellashishni boshlaydi. Luca oʻzini oshkor qilmasdan suzish va pasta yeyish qismin yakunlashga muvaffaq boʻladi, ammo velosiped poygasi vaqtida yomgʻir yogʻa boshlaydi shu vaqtda Alberto Lucaga soyabon berish uchun keladi, Ercol Albertoni hoʻl yerga tepadi va barcha hayratda qoladi. Luca bu safar unga yordam beradi va oʻzini oshkor qiladi. Ular velosipedda yurishni davom ettiradi Ercol shaharcha maʼmuriyatining dengiz maxluqini ushlaganga vaʼda qilingan pul mukofotiga sohib boʻlish ilinjida ularning ortidan boradi ammo unga giulian qarshilik qiladi. Luka va Alberto beixtiyor marra chizigʻini kesib oʻtishdi, lekin Giuliaga yordam berish uchun orqaga qaytishdi. Ercol va boshqa shaharliklar ular bilan toʻqnash kelganda, Massimo ularni qoʻllab-quvvatlaydi va ular gʻalaba qozonganligini taʼkidlaydi. Shahar aholisining bir nechtasi dengiz maxluqi ekanligi maʼlum boʻladi va Luca nihoyat oilasi bilan birlashdi.

Luca va Alberto Vespa sotib olishadi, lekin Alberto Luca uchun poezd chiptasini olish maqsadida uni sotadi va Julia bilan Genuyadagi maktabga borishga imkon beradi. film soʻngida Luca Giulianing onasi bilan uchrashadi, Massimo esa Albertoni asrab oladi.

Ovoz berganlarTahrirlash

TanqidTahrirlash

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Luca haqida 282 maqola yigʻilib, ulardan 91 foizi filmni ijobiy baholaydi.[3]

ManbalarTahrirlash

  1. Luca (2021). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 11-noyabr 2021-yil.
  2. Luca. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
  3. Andoza:Cite Rotten TomatoesAndoza:RT data

HavolalarTahrirlash