Lucas Cunha
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lucas de Oliveira Cunha
Tavallud sanasi 30-iyul 1997-yil (1997-07-30) (27 yosh)
Tavallud joyi en:Cataguases, en:Minas Gerais, Braziliya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Comercial-SP
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2014 Friburguense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Friburguense 7 (1)
2017 Mogi Mirim 2 (0)
2018 Matonense 6 (0)
2019 Primavera 8 (1)
2019 Surxon 7 (0)
2020 Balkany Zorya 13 (2)
2021 Comercial-SP 1 (0)
2023 Parintins
2023—2024 Ulpiana
2024— Trepça 6 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-sentyabr uchun)

Lucas de Oliveyra Cunha, odatda Lukas Kunya yoki Luquinhas nomi bilan tanilgan, (1997-yil 30-iyulda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Comercial-SP jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati

tahrir

17 yoshida Kunya 2015-yilda Kampeonato Kariokada Friburguense jamoasida oʻynadi va Tasa Guanabarada yettita oʻyinda maydonga tushdi.[1] Friburguensening 2016-yilgi Copa Riodagi gʻalabasida maydonga tushganidan soʻng, u 2017-yil boshida yangi shartnoma boʻyicha kelisha olmagani uchun klubni tark etdi.[2]

Kunha Mogi Mirim uchun debyutini 2017 Campeonato Brasileiro Série C da Botafogoga (San-Paulu) qarshi oʻtkazdi. U klubni tark etishdan oldin C Seriyada yana bitta oʻyin oʻtkazdi.[3]

2018-yil oxirida Kunya 2019-yilgi Campeonato Paulista Série A3 mavsumida Primavera safiga qoʻshildi va u yerda sakkizta oʻyin oʻtkazdi.[4]

2019-yilning yozida „Surxon“ klubi safini kuchaytirdi. U yangi jamoasidagi debyutini 2019-yil 17-avgust kuni Oʻzbekiston Superligasi 17-turi doirasidagi „Qoʻqon −1912“ ga qarshi safarda magʻlub boʻlgan (1:2) uchrashuvida oʻtkazdi.[5] Lukas 69-daqiqada oʻz hamyurti Duglas Trujinyoning oʻrniga maydonga tushdi. U Oʻzbekiston Superligasida 7 ta, mamlakat kubogida yana 1 ta oʻyin oʻtkazdi.

2020-yilning fevral oyi oxirida u „Bolqon“ bilan shartnoma imzoladi.[6] U Zorya jamoasida debyutini 2020-yil 10-iyul kuni Birinchi liganing 23-turi doirasidagi safarda „Avangard Kramatorsk“ ga qarshi oʻyinda (3:3) oʻtkazdi. 77-daqiqada Luis Fernando oʻrniga Lukas Kunya maydonga tushdi.[7]

Manbalar

tahrir
  1. „Meia Lucas Cunha, de 17 anos, é emprestado para o Corinthians até 2016“ (pt-br). A Voz da Serra (13-aprel 2015-yil). Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
  2. „Em definitivo, Frizão perde o meia Lucas Cunha para disputa da Segundona“. FutRio (8-mart 2017-yil). 2021-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
  3. Valério, Lucas. „Em Ribeirão Preto, Mogi Mirim perde a primeira na Série C“ (pt-BR). O Popular (24-may 2017-yil). Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. „Primavera anuncia contratações de meias e chega a nove reforços no elenco para disputa da Série A3“ (pt-br). Globo Esporte (26-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
  5. KOKAND-1912 VS. SURKHON 2:1 (ingl.)
  6. Klub Pershoї lіgi pіdpisav tretogo brazilsya
  7. AVANHARD VS. BALKANY ZORYA 3:3 (ingl.)

Havolalar

tahrir