Lucy Graham (talaffuzi: Lusi Grahem; 1996-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Shotlandiya terma jamoasi va FA WSL Everton klubi yarim himoyachisi. Avvalroq Shotlandiyaning Forfar Farmington va Hibernian, Shvetsiyaning Mallbeckens va Angliyaning Bristol City klublarida oʻynagan.

Lucy Graham
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lucy Graham
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1996-yil (1996-10-10) (27 yosh)
Tavallud joyi Shotlandiya
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Everton
Raqami 17
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2013 Forfar Farmington 31 (5)
2013-2015 Hibernian 10 (3)
2015 Mallbackens 12 (2)
2016-2018 Hibernian
2018-2019 Bristol City 19 (7)
2019- Everton 31 (9)
Milliy terma jamoa
2011-2012 Shotlandiya U17 7 (2)
2013-2015 Shotlandiya U19 23 (5)
2017- Shotlandiya 20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 31-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Forfar Farmington (2012-2013) va Hibernian (2013-2015) tahrir

Graham oʻzining katta faoliyatini 2012-yilda Forfar Farmingtonda boshlagan[1]. Oʻzining birinchi mavsumida u klubga SWPLda ikkinchi oʻrinni egallashga va Shotlandiya ayollar kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. U oʻyinlari tufayli „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ nominatsiyasini qoʻlgan kiritdi[2].

2013-yilning yozida u Forfar Farmingtonni tark etib, Hibernianga qoʻshildi[3].

Mallbackens (2015) tahrir

2015-yil iyul oyida Graham Hibernianni tark etib, Shvetsiyaning Mallbackens klubiga qoʻshildi[4].

Hibernianga qaytish (2016-2018) tahrir

2016-yil yanvar oyida Graham Hibernianga qaytdi[5]. 2016-yilning 5-oktyabr kuni u UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi debyutida jamoasi Bayernni 0:6 hisobida magʻlub etdi[6]. Hibernianning 2017—2018-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida muhim rol oʻynadi va uchta oʻyinda toʻrtta gol urdi[7].

Bristol City (2018-2019) tahrir

Graham Bristol Cityga 2018-yil iyul oyida kelib qoʻshilgan[8]. 2018-yilning 19-avgustida u FA WSL kubogida Lesicester Cityga qarshi debyut oʻyinida ikkita gol urdi[9]. 2018-yil 9-sentyabrda u ligadagi debyutini oʻtkazdi va Brighton & Hove Albion ga qarshi oʻyinda (1:0) gʻalaba golini kiritdi[10]. U ligada yettita gol va barcha musobaqalarda oʻn ikkita gol bilan jamoaning yetakchi toʻpurari sifatida mavsumni yakunladi. 2019-yil may oyida Graham Bristolning bir mavsumdan soʻng tark etishi eʼlon qilindi[11].

Everton (2019-) tahrir

2019-yilning 4-iyulida Everton Graham bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

Graham 2017-yilning aprel oyida Belgiya bilan oʻrtoqlik oʻyini uchun Shotlandiya terma jamoasiga kiritilgan edi[13]. 2017-yil 14-sentyabrda u Vengriyaga qarshi oʻyinda (3:0) toʻliq oʻynab, terma jamoadagi debyutini qildi[14].

Yutuqlari tahrir

Hibernian tahrir

Gʻolib

  • Ayollar oʻrtasidagi Shotlandiya kubogi (2): 2016, 2017
  • Shotlandiya ayollar Premer-ligasi kubogi (2): 2016, 2017

Ikkinchi oʻrin egasi

  • Shotlandiya Ayollar Premer-ligasi : 2013-yil
  • Ayollar oʻrtasidagi Shotlandiya kubogi : 2013-yil
  • Shotlandiya ayollar Premer-ligasi kubogi (2): 2014, 2015

Forfar Farmington tahrir

Ikkinchi oʻrin egasi

  • Shotlandiya Ayollar Premer-ligasi : 2012-yil
  • Ayollar oʻrtasidagi Shotlandiya kubogi : 2012-yil

Manbalar tahrir

  1. „Forfar Farmington sign Scotland Under-17 midfielder Lucy Graham“. Scotzine (2012-yil 29-yanvar). 2018-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-sentyabr.
  2. „Excited about the whole event - Lucy“. Women's Soccer Scene (2012-yil 9-noyabr). 2018-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  3. „New Signing Lucy Graham interview“. Pitchero. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  4. „Lucy Graham leaves Hibs Ladies for Mallbackens IF“. Edinburgh Evening News (2015-yil 25-iyul). 2018-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  5. „Ladies sign Lucy Graham“. Hibernian F.C. (2016-yil 27-yanvar). 2018-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  6. „Hibernian 0-6 Bayern Munich - UEFA Womens' Champions League: Bayern outclass a committed Hibs side“. VAVEL.com (2016-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  7. „Lucy Graham player profile“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  8. „Bristol City Women: Scottish pair Lucy Graham and Eartha Cummings join“. BBC Sport (2018-yil 28-iyul). Qaraldi: 2018-yil 28-iyul.
  9. „City Women claim point against Leicester in opening round of Continental Cup“. Bristol City F.C. (2018-yil 19-avgust). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  10. „REPORT: Brighton & Hove Albion 0-1 Bristol City Women“. Bristol City F.C. (2018-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  11. „City Women Departures“ (en). Bristol City.
  12. „Ladies Sign Scotland Midfielder Graham“ (en). www.evertonfc.com.
  13. Lindsay. „Scotland women: Signeul hopes to add Barsley and Howard to squad to face Belgium“. BBC Sport. BBC (2017-yil 29-mart). Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  14. „Kerr begins reign with resounding victory“. Scottish Football Association (2017-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.