Luis Alfonso Petri (1977-yil 1-aprelda tugʻilgan) – argentinalik siyosatchi, 2023-yildan beri prezident Xaver Miley davrida mamlakat Mudofaa vaziri boʻlib ishlamoqda. Ilgari, 2013-yildan 2021-yilgacha u Mendoza provinsiyasida saylangan milliy deputat boʻlgan. Milliy Kongress aʼzosi sifatida xizmat qilishdan oldin u 2006-yildan 2013-yilgacha Mendosa qonun chiqaruvchi organi aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.

Luis Petri

Petri in 2024
Minister of Defense
Mansab davri
10 December 2023
Prezident Javier Milei
Oʻtmishdoshi Jorge Taiana
Provincial Deputy of Mendoza
Mansab davri
1 May 2006 – 9 December 2013
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-aprel 1977-yil (1977-04-01) (47 yosh)
San Martín, Mendoza, Argentina
Siyosiy partiyasi Radical Civic Union (2010–present)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Social and Civic Agreement (2009–2011)
Juntos por el Cambio (2015–present)
Nikohsiz jufti Cristina Pérez (2021–present)
Bolalari 1
Alma mater National University of the Littoral

U 2023-yildagi prezidentlik saylovlarida Patrisiya Bullrixning nomzodiligini koʻrsatgan, Juntos por el Cambio koalitsiyasida „Oʻzgarish kuchi“ roʻyxatining bir qismi sifatida ishtirok etib birinchi turda uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Bolaligi va taʼlimi

tahrir

Petri 1977-yil 1-aprelda Mendosa shtatining San-Martin shahrida tavallud topgan. Luis Petri Litoral Milliy Universitetining (UNL) huquq fakultetida tahsil olgan, keyinchalik esa oʻz firmasida xususiy advokat boʻlib ishlagan[1].

Siyosiy faoliyati

tahrir

Petri Radikal Fuqarolik Ittifoqining (UCR) yoshlar qanoti deb eʼtirof etilgan Juventud Radikali aʼzosi sifatida oʻz siyosiy faoliyatini olib borgan. U 2003-yilda Mendoza Juventud radikalining vitse-prezidenti etib saylangan va 2003-yildan 2006-yilgacha Mendoza provinsiyasi senatining qonun chiqaruvchi kotibi boʻlgan[1].

2005-yilgi viloyat qonunchilik saylovlarida u UCR roʻyxatining bir qismi sifatida II boʻlimda Deputatlar palatasidagi oʻrin uchun kurash olib borib 33,90% ovoz bilan ushbu lavozimga saylangan. U 2006-yil 1-maydan boshlab shu lavozimda ish boshlagan. Luis Petri 2009-yilgi saylovlarda 51,76% ovoz bilan Federal fuqarolik fronti roʻyxatida ikkinchi muddatga saylangan. Viloyat qonun chiqaruvchi organidagi faoliyati davomida u xavfsizlik va huquq-tartibot masalalari boʻyicha ixtisoslashgan, ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan jinoyatlarni almashtirib boʻlmaydigan qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqqan[2].

2013-yilgi qonunchilik saylovlarida Petri Argentina Deputatlar palatasida Mendoza oʻrinlaridan biriga nomzodini qoʻygan. U UCR roʻyxatida Xulio Kobos va Patrisiya Gimenesdan keyin uchinchi nomzod boʻlgan va 47,69% ovoz bilan lavozimga loyiq deb topilgan. Luis Petri 2017-yilda Cambiemos koalitsiyasining bir qismi sifatida qayta saylangan.

Petri milliy deputat sifatida parlamentning ichki xavfsizlik, giyohvandlikning oldini olish va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash, transport, aloqa va axborotlashtirish, jinoiy qonunchilik, adliya va umumiy qonunchilik komissiyalari tarkibiga kirgan[1]. U 2017-yildan 2019-yilgacha Emilio Monzo prezidentligi davrida Palataning ikkinchi vitse-prezidenti sifatida ish olib borgani maʼlum[3].

2018-yilda va 2020- yilda Luis Petri Argentinada ikki marta abortni qonuniylashtirishga qarshi ovoz bergan[4].

2023-yilda u sobiq gubernator va UCR aʼzosi Alfredo Kornexoga qarshi kurashgan holda, Mendoza gubernatori lavozimini qoʻlga kiritish maqsadida Juntos por el Cambio nomzodini taklif qilgan. U Kornexoning 26,7 foiz ovoziga qarshi PASOning 17,4 foizi ovoziga ega boʻlgani qayd etilgan[5]. 2023-yil 22-iyun kuni Respublikachilar taklifi partiyasidan prezidentlikka nomzod etib koʻrsatilgan Patrisiya Bullrix Luis Petrini Juntos por el Cambio koalitsiyasidagi „Oʻzgarish kuchi“ roʻyxatining bir qismi sifatida 2023-yilgi prezidentlik saylovlarida uning nomzodi boʻlishini eʼlon qilgan[6].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Petrining bitta farzandi bor[1]. 2021-yildan beri Luis Petri jurnalist va Telefé yangiliklar boshlovchisi sifatida ishlaydigan Kristina Peres bilan ishqiy munosabatda boʻlgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Luis Alfonso Petri“ (es). Directorio Legislativo. 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Winokur, Pablo. „Luis Petri, el "Diana Conti" que escribe los proyectos que Macri no se anima a presentar“ (es). América 24 (2018-yil 23-mart). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  3. Sánchez Flecha, Robertino. „Mendocino, abogado y radical: quién es Luis Petri, el dirigente que eligió Patricia Bullrich como su candidato a vicepresidente“ (es). Infobae (2023-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  4. Serra, Laura. „Uno por uno, cómo votó cada diputado el proyecto de legalización del aborto“ (es). La Nación (2018-yil 14-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  5. „Elecciones Mendoza PASO 2023: resultados y quién ganó, minuto a minuto“ (es) (2023-yil 12-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  6. 6,0 6,1 „La reacción de Cristina Pérez cuando se enteró de que Luis Petri será el compañero de fórmula de Patricia Bullrich“ (es). La Nación (2023-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.

Tashqi havolalar

tahrir