Lyudvig Vitgenshteyn
Lyudvig Vitgenshteyn (Wittgenstein) (1889.26.4, Vena - 1951.29.4, Kembrij) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929 yildan Angliyada yashadi, Kembrij universiteti professor (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chikdi. Vitgenshteyn "Mantiqiy-falsafiy risola" (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst,yaʼni oddiy (tabiiy) tiddagi koʻp maʼnoli soʻzlardan, mantiqiy noanikliklardan xoli. Vitgenshteyn tildan, ongdan tashqari obʼektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. Vitgenshteynning taʼkidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. Vitgenshteynning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.[5]
Lyudvig Vitgenshteyn | |
---|---|
Tavalludi | 26-aprel 1889[1][2][3] |
Vafoti | 29-aprel 1951[4][1][2][3] |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va Avstriya |
Otasi | Karl Wittgenstein |
Onasi | Leopoldine 'Poldy' Kalmus |
Imzosi | |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ "Vitgenshteyn Lyudvig" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |