Lyuksmetr (lotincha: luxyorugʻlik va yun. metreo — oʻlchayman) — yorugʻlik intensivligi (yoritilganlik) ni bevosita fokslarda oʻlchaydigan asbob; fotosharning bir turi. Koʻrish va fotoelektr lyuksmetrga ajratiladi. Koʻrish Lyuksmetrining ish prinsipi ikkita yondosh yorugʻlik maydonining ravshanligini tenglashtirishga asoslangan. Ulardan birining yoritilganligi oʻlchanadi, ikkinchisiniki maʼlum va u ichki qizdirish lampasi yordamida kayta tikla-nadi. Fotoelektr lyuksmetrning ishlash tarzi selenli fotoelement yoritilganda, uning zanjirida hosil boʻladigan elektr tokini oʻlchashga asoslangan; shkalasi lyukslarda darajalangan galvanometr yordamida oʻlchanadi.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil